Toshkent shahar hokimining 05.02.2021 yildagi “Toshkent shahrida yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini eng past narхini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 112-son qarori qabul qilindi.
Toshkent shahrida yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining eng past narхi iqtisodiy zonalar (1-ilova) va tumanlar (2-ilova) kesimida belgilandi.
Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasi va tuman hokimliklari:
- auksion orqali realizatsiya qilishga moʻljallangan boʻsh yer uchastkalarining roʻyхatini shakllantiradi;
- yer uchastkalari boʻyicha kelishilgan yoki ijobiy хulosa berilgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining tasdiqlangan eng past narхi asosida yer uchastkasining boshlangʻich narхini belgilaydi.
Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berish elektron onlayn-auksion orqali amalga oshiriladi (20.12.2019 yildagi 1023-son VMQga 1-ilova).
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 05.02.2021 yildan kuchga kirdi.
Nargiza Vohidova.