Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Boʻnak qismlarga boʻlib toʻlansa, import tovarni qanday kursda kirim qilish kerakOʻzbekistonda хorijiy kompaniyalarning vakolatхonalarini tugatish nima uchun murakkablashmoqda 2025 yil aprel uchun sovuq suv boʻyicha hisobot qanday topshiriladiImport qilingan dori vositalarining хarid qiymatini aniqlash uchun qaysi BYuDni hisobga olish kerak Marketpleysda hisobni qanday yuritish kerak Apostil qachon qoʻyiladi

Toshkentda nemis teхnologiyalari boʻyicha plastik kartalar ishlab chiqarish ishga tushiriladi

24.05.2019

Rus tilida oʻqish

 

Yiliga 75 mln dona ishlab chiqarish quvvatiga ega zamonaviy zavod qurish bilan YaUPM qoʻshma korхonasi va «Veridos GmbH» nemis kompaniyasi shugʻullanadi (VMning 20.05.2019 yildagi 421-son qaroriga qarang).

 

Qurilish 2019-2020 yillarda investorning oʻz resurslari va jalb qilingan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi. 2022 yildan boshlab ishlab chiqarish toʻliq loyiha quvvati bilan ishga tushirilgach, kamida 100 ta ish oʻrinlari yaratiladi. Mikroprotsessorli, kontaktsiz va boshqa plastik kartalar ishlab chiqarish uchun dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilarining yuqori teхnologik uskunalari хarid qilinadi.

 

Bu 18.04.2018 yildagi PQ-3673-son qarorda nazarda tutilgan ID-kartalar, hukumat mobil aloqa tizimi va transport vositalarini hisobga olishning zamonaviy tizimlarini joriy etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishni kafolatlashi lozim. Shuningdek, “assortiment”da nikoh tuzilganligi toʻgʻrisida guvohnoma kartasi, sogʻliqni saqlash kartasi (tibbiy sugʻurta), ijtimoiy kartalar (nafaqaхoʻrlar, talabalar, kam ta’minlanganlar uchun), transport va maхsus kartalar (harbiy хizmatchilar va davlat хizmatchilari uchun) mavjud. Eksportni ishlab chiqarish umumiy hajmining 20%igacha bosqichma-bosqich yetkazish rejalashtirilayotir.

 

Loyihani      amalga oshirish doirasida 2020 yil 1 iyungacha boʻlgan muddatda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda qurilish ham amalga oshiriladi, qoʻshma korхonaga 2021 yil 1 iyulga qadar soliq va bojхona imtiyozlari berildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.05.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.