Vazirlar Mahkamasining 13.04.2024 yildagi “Toshkent-2025” yozgi Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarini yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish maqsadida Vazirlar Mahkamasining «2025 yilda Oʻzbekistonda yoshlar oʻrtasidagi IV yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2020 yil 7 avgustdagi 468-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 198-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan “Toshkent-2025” yozgi IV Osiyo va V Paraosiyo oʻyinlarini yuqori saviyada oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Xususan, dastur bilan koʻra Osiyo paralimpiya qoʻmitasi vakillarini Oʻzbekistonga tashrifi va ularni Oʻyinlarni oʻtkazish ob’yektlari bilan tanishtirish nazarda tutilmoqda.
Shuningdek:
- IV yozgi Osiyo va V Paraosiyo oʻyinlarini oʻtkazishni tashkil etish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi;
- Oʻyinlarni oʻtkazish boʻyicha boshqaruv kengashi tarkibi;
- Oʻyinlarni oʻtkazish boʻyicha direksiya mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida Nizom tasdiqlanmoqda.
Ma’lumot uchun: Avvalroq poytaхtda IV yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazish haqida qaror qabul qilingan edi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.04.2024 yildan kuchga kirdi.
Sobir Nurberdiyev