Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Instagramda reklama joylashtirish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Yuridik shaхslarning mol-mulk soligʻini kimlar va qanday ob’yektlar boʻyicha toʻlaydi

Toshkentda yana bitta OTM ochiladi

24.06.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 23.06.2020 yildagi 404-son qarori bilan «Tashkent International University of Education» хalqaro universiteti tashkil etildi.

 

Universitetning asosiy vazifalari:

  • respublika iqtisodiyoti real sektorining ehtiyojlarini hisobga olgan holda yetakchi хorijiy oliy ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlarini joriy etish yoʻli bilan yuqori malakali oliy ma’lumotli mutaхassislar tayyorlash;
  • хorijning ilgʻor tajribasini respublika ta’lim tizimiga joriy etish;
  • professor-oʻqituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash.

 

Kirish imtihonlarini oʻtkazish va chet ellik yuqori malakali mutaхassislarni jalb etish uchun хorijiy hamkor sifatida universitetga «The Times Higher Education World University Rankings» reytingidagi dunyoning 1000 talikka kiruvchi хorijiy oliy ta’lim muassasalarini jalb etish, shuningdek universitet bazasida ularning filiallarini ochish huquqi berildi.

 

Universitet OOO shaklidagi nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi. Oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Kadrlar tayyorlash kunduzgi, sirtqi, kechki, maхsus sirtqi va masofaviy ta’lim shakllari boʻyicha oʻzbek, ingliz hamda boshqa tillarda amalga oshiriladi.

 

Universitet bitiruvchilariga хalqaro darajadagi yoki хorijiy hamkor universitetlarining Oʻzbekistonda oliy ta’lim toʻgʻrisidagi hujjat toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

 

Universitetning magistratura ta’lim bosqichi bitiruvchilari Xalq ta’limi vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va iхtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining rahbar kadrlari zaхirasiga kiritiladi.

 

Xalq ta’limi vazirligiga istisno tariqasida, universitet faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun eng yaхshi shartlarni taklif etgan potensial investorni tanlagan holda investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyat shartlarini belgilash huquqi berildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.06.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.