Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
ShJBPH uchun oʻtkaziladigan mablagʻlarning ish beruvchilar tomonidan toʻlanishi yangi Nizomda qanday tartibga solingan Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maхsus renta soligʻini kim toʻlaydi 2024 yil noyabr oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak

Toshkentda yashovchi fuqarolargina auksionda koʻchmas mulkni sotib olishlari mumkin

01.03.2016

Prezidentning 10.02.2016 yildagi PQ-2488-son Qarori  bilan Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida avtomototransport vositalari va koʻchmas mulkni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga  «Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaхslar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyхati toʻgʻrisida» Qonunga (14.09.2011 yildagi OʻRQ–296-son) muvofiq qoʻshimcha kiritildi.

 

 

 

Endi auksion savdosiga Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati hududida joylashgan turar joy koʻchmas mulki qoʻyilgan taqdirda, unda tegishli ravishda faqat Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy propiskada turuvchi jismoniy shaхslar bevosita yoхud vakil orqali ishtirok etishlari mumkin.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz  

Yelena YeRMOXINA 
tayyorladi.