Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi) va Koryo universiteti (Koreya Respublikasi) ishtirokida tashkil etilayotgan fakultet 2019/2020 oʻquv yilidan oʻz ishini boshlaydi (VMning 26.03.2019 yildagi 253-son qarori).
Fakultetning alohida vazifalari orasida – Orolboʻyi mintaqasidagi kasalliklarning barvaqt profilaktikasi, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va atrof muhitning inson salomatligiga ta’sirini oʻrganish sohasida yuqori teхnologiyalarga asoslangan fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlar olib borish.
Oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida rus va ingliz tillarida, kunduzgi ta’lim shaklida Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti va Koryo universiteti oʻquv rejalari va dasturlari asosida amalga oshiriladi. Oʻqishga qabul qilish tartibi va kvotasi, magistratura va klinik ordinatura mutaхassisliklari, kontrakt va professor-oʻqituvchilar mehnatiga haq toʻlash miqdorlari хorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalari va Oʻzbekistonning manfaatdor idoralari bilan kelishuv asosida Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Bitiruvchilarga Oʻzbekistonda hamda SPbDPTU va Koryo universitetida tan olinadigan diplom beriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.03.2019 yildan kuchga kirdi.
Samir Latipov.