Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ustav fondiga hissalarni baholashdagi oʻzgarishlar: biznes nimalarni bilishi kerak Chet el valyutasidagi toʻlovda qaysi kursni hisobga olish kerak JShDSni kim toʻlashi kerak

Tovarlarni bepul tarqatgan holda ommaviy tadbirlarni oʻtkazish taqiqlandi

02.07.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 28.06.2024 yildagi “Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda fuqarolar хavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibini saqlash boʻyicha talablarni kuchaytirish toʻrisida”gi 360-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan ommaviy tadbirlarga aholini reklama, aksiya va boshqa maqsadlarda oziq-ovqat, buyumlar hamda boshqa mahsulotlar va tovar-moddiy boyliklarni bepul tarqatish yoki haddan tashqari arzonlashtirilgan narхda sotish orqali jalb qilishga taqiq joriy etilmoqda.

 

Milliy gvardiya va IIVga tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu qaror bilan belgilanayotgan talabga ommaviy tadbir tashkilotchilari va ommaviy tadbirni oʻtkazish ob’yekti ma’muriyati tomonidan soʻzsiz rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish topshirildi.

 

Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidalari buzilishiga yoʻl qoʻygan ommaviy tadbir tashkilotchilari va ma’muriyat Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.06.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova