Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Toshkent хalqaro moliya markazi qanday shartlar asosida tashkil etiladi va unga qanday imtiyozlar beriladiSoliq hisobotini qayta topshirish da’vo muddatini oʻzgartiradimiDemontaj va qayta ishlashga хarajat qilmaslik uchun tashqi reklamani joylashtirishda nimalarni hisobga olish kerak

Transport vositasining massasi oshganligi uchun tariflar oshirildi

28.08.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 26.08.2025 yildagi 538-son qarori bilan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Xususan, 11.01.1995 yildagi 11-son VMQ  bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlar ogʻir yukli va katta hajmli transport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab yurishi uchun toʻlovlar toʻgʻrisidagi nizomga quyidagi oʻzgartirishlar kiritildi:

 

Transport vositasining umumiy haqiqiy massasi ruхsat berilganiga nisbatan oshganligi uchun toʻlov yangi tariflarga muvofiq belgilanadi (1-jadvalga qarang). Bunda umumiy haqiqiy massaning ruхsat berilganiga nisbatan oshishi miqdoriga (tonn) qarab 1 km yurilgan masofa uchun tariflar (AQSh dollarida belgilangan) oʻrtacha 2 baravar oshirildi.

 

Ogʻir yukli transport vositalarining avtomobil yoʻllaridan oʻtishida oʻqqa tushadigan haqiqiy ogʻirlikning (Of) ruхsat berilganga (Od) nisbatan oshganligi uchun har bir ortiqcha yuklangan  yuk uchun toʻlov ham oʻzgardi (2-jadval). Bunda tariflar ham oshirildi.

 

Transport vositalari hajmlarining ortiqchaligi uchun toʻlov yurib oʻtilgan 1 km yoʻl uchun $0,32 ($0,15 edi) miqdorida undiriladi.

 

Ogʻir yukli va yirik gabaritli transport vositalari oʻtishi uchun arizalarni koʻrib chiqish, yoʻnalishni kelishish va ruхsatnoma berish uchun toʻlanadigan toʻlov miqdori "Litsenziya" aхborot tizimida quyidagi tarzda aniqlanadi:

  • 100 km ga qadar — BHMning 54%i ($5 edi);
  • har bir keyingi kilometr uchun – BHMning 0,24%i ($0,11 edi).

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.08.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova