Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
ShJBPH uchun oʻtkaziladigan mablagʻlarning ish beruvchilar tomonidan toʻlanishi yangi Nizomda qanday tartibga solingan Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maхsus renta soligʻini kim toʻlaydi 2024 yil noyabr oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak

Trenerlar va instruktorlarga toifa berish tartibi oʻzgartirildi

23.03.2016

Madaniyat va sport ishlari vazirining buyrugʻi (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 17 martda 2550-1-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Sport-ta’lim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va instruktor-metodistlariga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Aniqlashtirilishicha, trener-oʻqituvchilarga malaka toifalari Oʻzbekiston хalq oʻyinlari boʻyicha (ilgari – faqat Olimpiya, noolimpiya oʻyinlari yoki Oʻzbekiston milliy sport turlari boʻyicha) natija koʻrsatgan sportchi bilan ishlaganda ham beriladi.

 

Hujjat bilan toifalarni berish uchun trener-oʻqituvchilar va yoʻriqchi-uslubchilarning ish natijalarini baholash mezonlari oʻzgartirildi. Xususan, aniqlashtirilishicha, «Oliy toifali trener» toifasini berishda sportchining Oʻzbekiston chempionati, kubogi yoki birinchiligida (shu jumladan, yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasida) egallagan oʻrni, shuningdek Oʻzbekiston, Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahar terma jamoalari uchun tayyorlangan sportchilar soni koʻrsatkich sifatida inobatga olinmaydi. «Birinchi toifali trener» toifasini berishda esa boshlangʻich bosqichda tayyorlangan sportchilar soni inobatga olinmaydi.

 

Shuningdek birinchi va ikkinchi toifani olish uchun trener-oʻqituvchilarga Oʻzbekiston terma jamoalarini shakllantirish uchun tayyorlanadigan sportchilar soni belgilangan, yoʻriqchi-uslubchilarga esa jismoniy tarbiya va sport sohasidagi tegishli lavozimlarda zarur ish staji belgilangan va oshirilgan.

 

Bundan tashqari, malaka toifalarini olishda tan olinadigan nufuzli sport musobaqalari roʻyхatidan hududiy sport musobaqalari chiqarib tashlandi.

 

Hujjat davlat tilida qabul qilingan.

 

Buyruq Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2016 yil 22 martdagi 11-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirdi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.