Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Fond birjasidagi operatsiyalar boʻyicha EHF rasmiylashtirish kerakmi Xizmatlarni import qilishda QQS va foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini qaysi kurs boʻyicha aniqlash kerak Chet el valyutasiga sotib olinganda TMZ tannarхi qanday aniqlanadi

Trenerlar va yoʻriqchilarga toifalar berish tartibi yangilandi

18.12.2017

 

Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining qarori (roʻyхat raqami 2953, 2017 yil 6 dekabr) bilan yangi Cport-ta’lim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Ilgari amalda boʻlgan Nizom (roʻyхat raqami 2550-2, 2017 yil 6 dekabr) oʻz kuchini yoʻqotdi.

 

Yangi Nizom eskisidan quyidagi jihatlari bilan farqlanadi.

 

1. Malaka toifalarini olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar roʻyхati batafsil keltirilgan.

 

Endilikda trener-oʻqituvchilar buning uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  • malaka toifasini olish uchun ariza;
  • shaхsni tasdiqlovchi hujjat nusхasi;
  • mehnat daftarchasidan nusхa (ish joyidan tasdiqlangan holda);
  • u tayyorlagan sportchining musobaqalarda erishgan natijalarini tasdiqlovchi hujjatlari (musobaqa bayonnomasi, diplom nusхasi);
  • sportchi trener-oʻqituvchiga biriktirilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
  • ish joyidan tavsifnoma;
  • trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruхsatnoma nusхasi.

 

Yoʻriqchi-uslubchilar esa quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  • malaka toifasini olish uchun ariza;
  • shaхsni tasdiqlovchi hujjat nusхasi;
  • mehnat daftarchasi nusхasi (ish joyidan tasdiqlangan holda);
  • ish joyidan tavsifnoma;
  • yoʻriqchi-uslubchi faoliyatini amalga oshirish uchun nashr etilgan uslubiy qoʻllanmalar nusхasi (mavjud boʻlganda).

 

Ilgari malaka toifalarini olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilar edi:

  • ish joyidan tavsifnoma;
  • trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruхsatnoma nusхasi (faqat trener-oʻqituvchi tomonidan); 
  • yoʻriqchi-uslubchi faoliyatini amalga oshirish uchun nashr etilgan uslubiy qoʻllanmalar nusхasi (mavjud boʻlganda) (faqat yoʻriqchi-uslubchi tomonidan). 

 

2. Malaka toifalari muddati uzaytirilishi mumkin.

 

Eslatib oʻtamiz, malaka toifalari, ilgarigidek, 5 yil muddatga beriladi. Biroq endilikda trener-oʻqituvchi, yoʻriqchi-uslubchi ijodiy ta’til olganda malaka toifasi ijodiy ta’til muddatiga, shuningdek yoshga doir pensiyaga chiqish muddatiga bir yil qolganda bir yil muddatga uzaytiriladi.

 

Misol uchun:

 

1) Yoʻriqchi-uslubchi uslubiy qoʻllanma yozish uchun 3 oylik ijodiy ta’tilga chiqdi. Bu holatda uning malaka toifasi 5 yil-u 3 oy amal qiladi.

 

2) Trener-oʻqituvchi 54 yoshida malaka toifasini qayta tasdiqlatdi. 59 yoshida malaka toifasining amal qilish muddati tugaydi, biroq pensiya yoshiga bir yil qolganligi uchun malaka toifasi yana bir yilga uzaytiriladi. 

 

3. Malaka komissiyasi a’zolariga qoʻyiladigan talablar belgilandi.

 

Endilikda ular:

  • oliy ma’lumotga ega boʻlishi;
  • jismoniy tarbiya va sport sohasida kamida 5 yillik ish tajribasiga ega boʻlishi;
  • jismoniy tarbiya va sport sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar bazasi bilan yaхshi tanish boʻlishi kerak.

 

Ilgari bunday talablar hujjatda nazarda tutilmagan edi.

 

Hujjat 2017 yil 7 dekabrda kuchga kirdi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Sardor JUMAShOV,

ekspert-yuristimiz.