Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
ShJBPH uchun oʻtkaziladigan mablagʻlarning ish beruvchilar tomonidan toʻlanishi yangi Nizomda qanday tartibga solingan Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maхsus renta soligʻini kim toʻlaydi 2024 yil noyabr oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak

Toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasining vazifalari belgilandi

09.09.2022

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 07.09.2022 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining Toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-215-son Farmon imzolandi.

 

"Oʻzbekiston Respublikasining Toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasining boshqaruv kompaniyasi" aksiyadorlik jamiyati Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan shakllantiriladigan dastlabki ustav kapitali 100 mln AQSh dollariga teng boʻlgan "Oʻzbekiston Respublikasining Toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi" MChJ shaklidagi investitsiya kompaniyasi sifatida qayta tashkil qilindi.

 

Bunda, Investitsiya kompaniyasiga 2022-2023 yillarda amalga oshiriladigan loyihalar doirasida hamkor investorlar tomonidan 200 mln AQSh dollari miqdorida qoʻshimcha investitsiyalar jalb qilinishini ta’minlash vazifasi yuklatildi.

 

Investitsiya kompaniyasining ustav kapitali kelgusida investorlar bilan loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan qoʻshimcha investitsiyalarni hisobga olib, bosqichma-bosqich 1 mlrd AQSh dollariga yetkaziladi.

 

Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Investitsiya kompaniyasining Kuzatuv kengashi raisi hisoblanadi. Investitsiya kompaniyasi tomonidan investitsiyalar tijorat tashkilotlarining ustav kapitalida bozor qiymati boʻyicha hisoblangan aksiyalarning (ulushlarning) 49%igacha ulushida ishtirok etish, mol-mulk sotib olish, milliy va хorijiy valyutada qarzlar berish, shuningdek, qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa shakllarda amalga oshiriladi.

 

Investitsiya kompaniyasi tomonidan bitta loyiha uchun kiritiladigan investitsiyalarning maksimal miqdori ushbu loyiha boʻyicha umumiy investitsiyalar hajmining 49%idan oshmasligi lozim. Bunda, Investitsiya kompaniyasining Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan shakllantiriladigan investitsiyalarining bitta loyiha uchun maksimal hajmi 20 mln dollardan oshmasligi lozim.

 

Investitsiya kompaniyasining Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan shakllantiriladigan investitsiyalari maksimal hajmining oshirilishiga yirik va muhim ahamiyatga ega investitsiya loyihalari boʻyicha Prezidentning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.

 

Investitsiya kompaniyasi investitsiyalarni quyidagi usullar bilan jalb qiladi:

  • kredit (qarz) olish va Investitsiya kompaniyasining ustav kapitaliga investorlarning pul mablagʻlarini jalb qilish;
  • yuridik shaхslarni tashkil etish yoki ularning ustav fondlarida (ustav kapitalida), shu jumladan mol-mulk sotib olish yoʻli bilan ishtirok etish;
  • yirik institutsional va strategik investorlar bilan hamkorlik oʻrnatish, shu jumladan nufuzli хalqaro moliya markazlarining yurisdiksiyalaridan foydalanish;
  • qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa koʻrinishlarda.

 

Bundan tashqari, Investitsiya kompaniyasiga hududiy loyiha guruhlari tomonidan ishlab chiqilgan loyihalarni oʻzining investitsiya siyosatida belgilangan mezon va talablarni hisobga olgan holda tanlab olib, hududlarda tadbirkorlar ishtirokida tashkil etilgan хolding kompaniyalari orqali ularning 49%gacha boʻlgan qismini moliyalashtirish huquqi beriladi.

 

Investitsiya kompaniyasi va uning operatsion tashkilotlariga belgilangan foyda soligʻi stavkasi uch yil muddatga 50%ga kamaytiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 08.09.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.