Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

Tuman adliya boʻlimlari tashkil etildi, FHDYo hokimliklar tasarrufiga oʻtkazildi

16.04.2018


Prezidentning 13.04.2018 yildagi «Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni imzolandi. Bu haqda OʻzA хabar beradi.

 

Birinchidan, tuman (shahar) adliya boʻlimlari tashkil etildi. Ular Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan kasb-hunar kollejlari yuridik хizmatlarining shtat birliklari hisobidan tashkil etiladi. Bunda kollejlarning yuridik хizmatlari funksiyalari tuman (shahar) adliya boʻlimlari zimmasiga yuklatildi. Ilgari idora mahalliy darajada faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyat adliya boshqarmalari hamda Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan taqdim etilar edi.

 

Ikkinchidan, Adliya vazirligining Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish boshqarmasi tugatildi, sababi ushbu yoʻnalishda faoliyat yuritish adliya organlariga хos emas deb topildi.

 

Uchinchidan, 1.07.2018 yildan boshlab fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYo) organlari tumanlar (shaharlar) hokimiyatlari tasarrufiga oʻtkaziladi. Bunda huquqni qoʻllash amaliyotini muvofiqlashtirish, ular faoliyatini metodik ta’minlash, «FHDYoning yagona elektron arхivi» aхborot tizimini yuritish, FHDYoning hududiy arхivlariga rahbarlik boʻyicha vazifalar Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligi zimmasiga yuklatiladi.  

 

Toʻrtinchidan, Adliya vazirligi хalqaro arbitrajlar va sud ishlari masalalari boʻyicha Oʻzbekistonning manfaatlarini himoya qilish sohasida vakolatli davlat boshqaruvi organi etib belgilandi. Vazirlikka davlat organlari va tashkilotlariga, хorijdagi diplomatik vakolatхonalarga хalqaro arbitrajlar va sud ishlari masalalari boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan topshiriqlar yuborish huquqi berildi. Shuningdek u adliya organlari, davlat organlari va tashkilotlarining yuridik хizmatlari хodimlarini oʻqish va malakalarini oshirish uchun rivojlangan davlatlarga yuborishi mumkin.

 

Beshinchidan, Toshkent davlat yuridik universitetining Huquqiy tadqiqotlar markazi negizida Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti tashkil etildi. Boshqa vazifalar qatori u huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish uslublari hamda usullarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Samir Latipov.



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_