Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Tadbirkorlar qadoqlangan meva va sabzavotlarni realizatsiya qilishda qanday yangi imtiyozlarga ega boʻladilar Tovarni qaytarishda barcha muddatlar oʻtgandan soʻng qanday EHF taqdim etish kerak Foyda soligʻining nol darajali stavkasini qanday qoʻllash hamda soliq hisobotida aks ettirish kerak

Tumanlarda energiya balansini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruhlar tuziladi

08.04.2025

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 01.04.2025 yildagi «Yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni takomillashtirish toʻgʻrisida»gi PQ-133-son Qaror imzolandi

 

Har bir tuman (shahar) kesimida energiya balansini ishlab chiqish, ularning koʻrsatkichlarini bajarish, energiyani tejash dasturlari ijrosini ta’minlash, energiya samaradorligini oshirish boʻyicha tuman (shahar) idoralararo ishchi guruhlari tashkil etilmoqda. Ularga tuman prokurorlari rahbarlik qiladi.

 

Energiya balansi –  ma’lum bir tarmoq, energiya ta’minoti zonasi, korхona, qurilma uchun belgilangan vaqt oraligʻida energiya yoki quvvat ishlab chiqarish, iste’mol qilish va yoʻqotishlarning miqdoriy tavsifi.

 

Shuningdek ishchi guruhlar faoliyatining asosiy yoʻnalishlari belgilanmoqda:

  •  aholi iste’molchilari boʻyicha:
    • energiya resurslarini iste’mol qilish madaniyatini oshirish;
    • energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishning oldini olish;
    • energiya tejamkor uskunalar, shu jumladan, geliokollektor va quyosh panellaridan foydalanish afzalliklarini tushuntirish va ularni oʻrnatishda koʻmaklashish;
    • energiya tejamkorlik talablariga mos boʻlmagan, sertifikatlanmagan nostandart qurilma va jihozlarni almashtirish choralarini koʻrish.
  • yengil sanoat (tekstil) korхonalari boʻyicha:
    • umumiy iste’mol quvvatining kamida 40 foizini qoplash uchun quyosh panellari va suv isitkichlarni (geliokollektor) oʻrnatish;
    • reaktiv energiyani kompensatsiya qilish qurilmasini oʻrnatish;
    • energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishning oldini olish;
    • elektr va gaz hisoblagich koʻrsatkichi, teхnik holati, tamgʻalar butligi, shuningdek, elektr va gazdan foydalanish qoidalarini buzish holatlarini oʻrganish hamda aniqlangan qoidabuzarliklar boʻyicha tegishli choralar koʻrib borish.
  • yirik sanoat korхonalari boʻyicha:
    • energiya resurslarini iqtisod qilishga qaratilgan tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
    • har bir uskuna uchun alohida energiya resurslaridan foydalanishda iqtisod qilish manbalarini aniqlash;
    • energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishni bartaraf etish;
    • Katta quvvatli elektr dvigatellarni ishga tushirishda chastota rostlagich qurilmalarni oʻrnatish;
    • elektr va gaz hisoblagich koʻrsatkichi, teхnik holati, tamgʻalar butligi, shuningdek, elektr va gazdan foydalanish qoidalarini buzish holatlarini oʻrganish hamda aniqlangan qoidabuzarliklar boʻyicha tegishli choralar koʻrib borish.
  • kichik va oʻrta biznes korхonalari va boshqa iste’molchilar boʻyicha:
    • quvvati 50 kVtdan yuqori boʻlgan elektr qurilmalarida reaktiv energiyani kompensatsiya qilish qurilmasini oʻrnatish;
    • energiya resurslari iste’mol madaniyatini targʻibot qilish;
    • energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishning oldini olish;
    • energiya tejamkor uskunalar, shu jumladan, geliokollektor va quyosh panellaridan foydalanish afzalliklarini tushuntirish va ularni oʻrnatishda koʻmaklashish;
    • energiya tejamkor boʻlmagan, sertifikatlanmagan, nostandart, qurilma va jihozlardan foydalanishga chek qoʻyish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 02.04.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev