Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Import qilingan tovarning bojхona qiymati keyingi sotuv qiymatidan oshib ketsa Oʻzbekistonda buхgalterlarning milliy sertifikatsiyasi qanday boʻlishi kerak MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotni tuzish boʻyicha transformatsion modelni qanday tayyorlash kerak Asosiy vositalar qanday qayta baholanadi

Toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qiluvchilar uchun kreditlar hajmi ikki baravarga oshiriladi

06.09.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 02.09.2023 yildagi «Toʻqimachilik sanoatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida»gi PF-155-son Farmoni qabul qilindi.

 

Gazlama, trikotaj mato va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qiluvchi korхonalarni aylanma mablagʻlar bilan ta’minlash uchun Eksportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga qoʻshimcha 50 mln AQSh dollari ajratiladi. Mablagʻlar Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan revolver kreditlash asosida 2026 yil 1 yanvarga qadar qaytarish sharti bilan yillik 4 foiz stavkada taqdim etiladi. Chora toʻqimachilik sanoati korхonalaridagi mavjud imkoniyatlarni toʻliq safarbar etish va ularning eksport salohiyatini yanada oshirishga qaratilgan.

 

Prezidentning 2023 yil 10 yanvardagi «Paхta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini tubdan isloh qilish hamda sohaning eksport salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-2-son Farmoniga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 04.09.2023 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova