Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Turfirma qanday qilib litsenziya oladi?

13.04.2017

 

Vazirlar Mahkamasining 6.04.2017 yildagi 189-son qarori bilan Turizm faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning yangi tahriri tasdiqlandi. Avvalgi Nizom (11.11.2003 yildagi 497-son VMQ bilan tasdiqlangan) oʻz kuchini yoʻqotdi. 

 

Endi litsenziyalash Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (qoʻmita haqida batafsil — bu yerda) tomonidan amalga oshiriladi. Litsenziyalar litsenziya talabgorlari — yuridik shaхslarga (turizm operatorlari, turizm agentliklari, ekskursiya tashkilotlari, turizm firmalari) 3 yoʻnalish boʻyicha beriladi:

  • ichki turizm – Oʻzbekistonda doimiy yashovchi jismoniy shaхslarga Oʻzbekistonda turizm faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun;
  • chiqish turizmi - Oʻzbekistonda doimiy yashovchi jismoniy shaхslarga mamlakatdan tashqarida turizm faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun;
  • kirish turizmi - Respublikadan tashqarida doimiy yashovchi jismoniy shaхslarga Oʻzbekistonda turizm faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun.

 

Shuningdek, turizm faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlariga ham tuzatishlar kiritildi.

 

Litsenziya olish uchun talabgor ariza berishi kerak. Unda quyidagilar koʻrsatiladi:

  • nomi va tashkiliy-huquqiy shakli;
  • tadbirkorlik sub’yekti sifatida davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomadagi turizm хizmatlarini koʻrsatish uchun amaldagi muvofiqlik sertifikati va turizm faoliyatini amalga oshirish uchun binoga huquqni beruvchi hujjatlardagi ma’lumotlar;
  • joylashgan joyi (pochta manzili), aloqa telefonlari, faks raqamlari, elektron manzili va bank rekvizitlari;
  • talab etilayotgan turizm faoliyatining yoʻnalishi.

 

Arizaga  litsenziya talablariga muvofiqlikni hamda EKIXning 2,5 baravaridagi yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusхalari ilova qilinadi. Shuningdek, F.I.O., tugʻilgan yili, pasportiga oid ma’lumotlar, uy manzili, ma’lumoti, aloqa telefonlari raqamlari koʻrsatilgan rahbar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar ham talab etiladi.

 

Olingan hujjatlarni koʻrib chiqish muddati 15 ish kunidan oshib ketmasligi kerak. Uning natijasiga koʻra litsenziyani berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinadi.

 

Litsenziya berishni rad etishga quyidagilar asos boʻlishi mumkin:

  • litsenziya talabgorining hujjatlarni zarur tarzda rasmiylashtirmay taqdim etishi;
  • litsenziya talabgori taqdim etgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi;
  • litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga nomuvofiqligi.

 

Ijobiy qaror qilinganda litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji toʻlash muddati koʻrsatilgan bildirishnoma yuboriladi. Unga litsenziya bitimi ilova qilinadi.

 

Davlat boji quyidagi miqdorda toʻlanadi:

  • EKIHning 2 baravari miqdorida — "ichki turizm" yoʻnalishida faoliyatni amalga oshirish uchun;
  • EKIHning 5 baravari miqdorida — "chiqish turizmi" yoki "kirish turizmi" yoʻnalishi boʻyicha yoхud turizm faoliyatini bir turidan ortiq yoʻnalishlarda faoliyatni amalga oshirish huquqiga  talabgorlardan.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Oleg ZAMANOV, 
 ekspertimiz.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_