Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Turizm sohasi davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi

17.01.2022

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 15.01.2022 yildagi “Turizm, madaniyat, madaniy meros va sport sohalarini yanada rivojlantirish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish toʻgʻrisida”gi Farmon qabul qilindi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.

 

Farmon Prezidentning 2021 yil 6 apreldagi “Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6199-son Farmoni hamda 2021 yil 6 apreldagi “Turizm va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-5054-son qaroriga muvofiq qabul qilindi.

 

Hujjatga muvofiq 2022 yil 1 yanvardan 2023 yil 1 yanvarga qadar turizm faoliyati sub’yektlari va aviatashuvchilarning хorijiy mamlakatlardan Oʻzbekistonga charter reyslarini tashkil qilish boʻyicha хarajatlarining bir qismi har bir хorijiy turist uchun, u respublika hududida kamida besh kecha tunab qolgan taqdirda, 10 AQSh dollari, qish mavsumida (20 noyabrdan 20 fevralgacha) esa 25 AQSh dollari miqdorida Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.

 

2022 yil 1 maydan boshlab yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Davlat byudjetidan Turizm va sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga ajratiladigan mablagʻlar hisobidan har bir tashabbuskorga 50 mln soʻm miqdorida, jami 10 mlrd soʻmgacha grantlar ajratiladi.

 

Tashabbuskorlarga ajratiladigan grant mablagʻlari:

  • onlayn toʻlovlarni qabul qiluvchi zamonaviy veb-sayt yaratishga, хorijiy mamlakatlardagi turizm koʻrgazma va yarmarkalarida ishtirok etishga yoʻnaltiriladi;
  • grant mablagʻlari belgilangan tartibda хorijiy mamlakatlardan Oʻzbekiston Respublikasiga uch yil davomida kamida 200 nafar хorijiy turistlar uchun tur tashkil qilish sharti bilan ajratiladi.

 

Farmon bilan Prezidentning ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Saodat Usmanova.