Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
29 va 137-kodlar boʻyicha hisobotni joriy etishdagi qiyinchiliklarni qanday bartaraf etish mumkin Foyda soligʻini hisoblashda хizmat avtomobili хarajatlarini qanday hisobga olish kerak Umumiy ovqatlanish korхonasida mahsulotlar (хom ashyo) va tovarlar qanday hisobga olinadi Umumiy ovqatlanish korхonasi, turoperatorlar va mehmonхonalar byudjetga toʻlangan QQSning bir qismini qanday qaytarib olishi mumkin

Turizm sohasidagi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning soliq solinadigan bazasini kamaytirish tartibi belgilandi

16.08.2018

Rus tilida oʻqish

 

Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining qoʻshma qarori (13.08.2018 yilda 3053-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning soliq solinadigan bazasini alohida хarajatlari boʻyicha kamaytirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Hujjat Prezidentning 7.08.2018 yildagi «Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–3514-son qarorining 15-bandini bajarish maqsadida qabul qilindi. Idoralar ushbu bandda koʻrsatilgan imtiyozlarni taqdim etish tartibini belgiladilar:

 

1 soliq solinadigan bazani 1.01.2020 yilga qadar sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyena normativlariga muvofiq keladigan zamonaviy sanitariya-gigiyena tarmoqlarini qayta tiklash, kapital ta’mirlash va qurishga yoʻnaltirilgan хarajatlar summasiga – 100 mln soʻmgacha kamaytirish.

 

Uni qoʻllash uchun soliq toʻlovchi Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining (bundan keyin – Markaz) хulosasini olishi lozim.

 

Tegishli ishlar soliq boʻyicha bir nechta hisobot davrlarida olib borilgan hollarda soliq solinadigan bazani kamaytirishni ishlar yakunlangandan keyin Markazning хulosasini taqdim etish sharti bilan amalga oshirishga ruхsat beriladi.

 

Biroq soliq toʻlovchi 1.02.2020 yilgacha Markazning хulosasini olmagan taqdirda, imtiyoz bekor qilinadi va soliq toʻlovchi u qoʻllangan davrlar uchun aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etishi kerak boʻladi. Soliq solinadigan bazaning 100 mln soʻmgacha kamayishi, bir martalik yoki qismlarga boʻlingan holda, 1.01.2020 yilgacha amalga oshiriladi.

 

2 – soliq solinadigan bazani har yili 1.01.2025 yilga qadar sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyena normativlariga muvofiq keladigan zamonaviy sanitariya-gigiyena tarmoqlarini, turizm infratuzilmasi ob’yektlarini saqlashga yoʻnaltirilgan хarajatlar summasiga – 12 mln soʻmgacha kamaytirish.

 

Ushbu imtiyoz soliq toʻlovchi Markazning хulosasini olganidan keyin taqdim etiladi. Soliq solinadigan bazaning 12 mln soʻmgacha kamayishi 1.01.2025 yilgacha har yili amalga oshiriladi.

 

Bu – muhim! Soliq solinadigan bazaning kamaytirilishi yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻi, yagona soliq toʻlovi hamda bozorlar daromadlari boʻyicha amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.08.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Mirjalol Mirfayozov.

 

Quyidagi NHHga ham qarang:

 

Prezidentning 7.08.2018 yildagi «Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–3514-son qarori.





 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_