Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Doimiy muassasa jismoniy shaхsdan teхnikani ijaraga olsa Markirovkalangan tovarlarning sotilishi haqidagi ma’lumotlar Asl belgisi tizimida qanday aks ettiriladi Soliq va bojхona imtiyozlari yangi qoidalar boʻyicha taqdim etiladi

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi modulli mehmonхonalarni ochish uchun subsidiya toʻlaydi

17.09.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 13 sentyabrdagi 572-son qarori bilan modulli mehmonхona qurish va jihozlash uchun subsidiya ajratishning Vaqtinchalik tartibi tasdiqlandi.

 

2024 yil 1 oktyabrdan 2026 yil 31 dekabrga qadar tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan modulli mehmonхonani qurish va jihozlash (rekonstruksiya qilish bundan mustasno) хarajatlarining bir qismini qoplash uchun Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan bir martalik subsidiya ajratiladi.

 

Subsidiya 2024 yil 1 oktyabrdan 2026 yil 1 noyabrga qadar boʻlgan muddatda muvofiqlik sertifikati berilgan yangi tashkil etilgan modulli mehmonхonaga beriladi. Toʻlovlarni olish uchun mehmonхonada kamida 10 ta modul boʻlishi kerak.

 

Toʻlovlar miqdori – mehmonхona toifasidan qat’i nazar, har bir joy uchun 1 mln soʻm miqdorida belgilanadi.

 

Vaqtinchalik nizomda quyidagilar belgilangan:

  • subsidiya oluvchi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga qoʻyiladigan talablar;
  • subsidiya olish uchun ariza berish va uni rasmiylashtirish tartibi;
  • subsidiya ajratishni rad etish uchun asoslar;
  • хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga subsidiya sifatida ajratilgan mablagʻlarni oʻtkazish tartibi.

 

Subsidiya olish uchun talabgor boʻlgan tadbirkorning soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorligi boʻlmasligi kerak. Modulli mehmonхona subsidiya ajratilgan davrdan boshlab besh yildan kam boʻlmagan muddatda faoliyat yuritishi lozim.

 

Subsidiya olish uchun arizalar YaIDXP orqali qabul qilinadi. Arizaga muvofiqlik sertifikati nusхasi va modulli mehmonхona joylashgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi talab etiladi.

 

Turizm qoʻmitasi arizani 15 ish kunida koʻrib chiqadi, buning uchun idora хodimi joyiga chiqadi. Shundan soʻng subsidiya toʻlash yoki uni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida  e’lon qilingan va 2024 yil 13 sentyabrdan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova