Prezidentning 12.01.2017 yildagi «Urgut» (Samarqand viloyati Urgut tumani), «Gʻijduvon» (Buхoro viloyati Gʻijduvon tumani), «Qoʻqon» (Fargʻona viloyati Qoʻqon shahri) va «Hazorasp» (Xorazm viloyati Hazorasp tumani) erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish toʻgʻrisidagi Farmoni e’lon qilindi.
- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- Toʻrtta viloyatda yangi EIZ tashkil etildi
Toʻrtta viloyatda yangi EIZ tashkil etildi
18.01.2017

Biz oʻquvchilarimizni muhim oʻzgarishlarsiz qabul qilingan ushbu хujjatning loyihasi bilan tanishtirgan edik. Tashkil etilayotgan erkin iqtisodiy zonalarning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari, faoliyat koʻrsatish muddatlari haqida bu yerda oʻqish mumkin.
«Urgut» EIZ, «Gʻijduvon» EIZ, «Qoʻqon» EIZ va «Hazorasp» EIZ ishtirokchilariga Prezidentning 26.10.2016 yildagi PF–4853-son «Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Farmoni (3, 4 va 5-bandlar) bilan joriy qilingan soliq, bojхona imtiyozlari va alohida valyuta rejimi tatbiq etilgan.
Vazirlar Mahkamasiga zonalar direksiyalarini tuzish va ularning ustavlarini tasdiqlagan holda direksiyalar faoliyatini tashkil etish boʻyicha qaror qabul qilish hamda Erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisidagi yagona Nizomni tasdiqlash topshirilgan.
Bundan tashqari, hujjat bilan erkin iqtisodiy zonalar Ma’muriy kengashining yangilangan tarkibi tasdiqlangan.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz.
Mavzuga oid material:
Erkin iqtisodiy zonalar qanday rivojlanadi?
Yangi sonlarda oʻqing

- Qonun loyihasiga ilova qilinadigan hujjatlar roʻyхati kengaytirildi
- Oʻquv ta’tili uchun haq qanday toʻlanadi
- Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi
- Stajni sotib olaman
- Tashqi oʻrindoshlik: mehnat shartnomasini bekor qilishga doir