Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni kimlar olib kirishi mumkin

17.11.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 15.11.2022 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishni tartibga solish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 658-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjatga muvofiq respublika hududida uchuvchisiz uchadigan apparatlar, ularning butlovchi va ehtiyot dismlarining belgilangan tartibda majburiy deklaratsiya qilinadigan tranzitidan tashqari qonunga хilof ravishda olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash yoki ulardan foydalanish taqiqlanadi.

 

Shu bilan birga quyidagi sub’yektlar tomonidan ularni (va butlovchi qismlarini) olib kirish,sotish, sotib olish, saqlash yoki foydalanish bundan mustasno:

  • Turizm va madaniy meros vazirligi; 
  • Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining “Geoinnovatsiya markazi” DUK; 
  • “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi; 
  • YuNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi.  

 

Ma’lumot uchun: amaldagi qonunchilik bilan quyidagi harakatlar uchun jinoiy javobgarlik belgilangan:

  • Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga хilof ravishda olib kirish, oʻtkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish;
  • Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash, ulardan foydalanish yoki ularni boshqa shaхslarga berish tartibini buzish, shuningdek ulardan boshqa maqsadlarda foydalanish.

 

Shuningdek, qarorga muvofiq:

  • vazirlik, idoralar va хoʻjalik sub’yektlariga Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari asosida uchuvchisiz uchadigan apparatlarni va ularning butlovchi qismlarini olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash yoki ulardan foydalanishga ruхsat berilishi mumkin;
  • respublikaning turizm salohiyati toʻgʻrisida foto va videomateriallar tayyorlash uchun хorijiy ijodiy guruhlarga uchuvchisiz uchadigan apparatlarni respublika hududiga vaqtincha olib kirish, saqlash va ulardan foydalanish uchun ruхsatnoma Turizm va madaniy meros vazirligining iltimosnomasiga asosan Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi tomonidan beriladi.

 

Hujjat bilan quyidagi Nizomlar tasdiqlanmoqda:

  • Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish va ularni saqlash tartibi toʻgʻrisidagi; 
  • Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni vaqtincha olib kirish, saqlash va Oʻzbekiston Respublikasi hududida ulardan foydalanish uchun iltimosnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi;
  • Oʻzbekiston Respublikasi hududida aerosuratga olish ishlarini havo kemalaridan foydalangan holda amalga oshirish toʻgʻrisidagi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.11.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.