Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ulush kiritish asosida qurish masalalari tartibga solindi

01.06.2020

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 27.05.2020 yildagi «Koʻp kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish jarayonini tartibga solish chora-tadbirlari haqida»gi PQ-4732-son qarori qabul qilindi.

 

U bilan Koʻp kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi, unda binolarni qurish hamda ulushdorlarning mablagʻlaridan foydalanish tartibi belgilangan.

 

Koʻp kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish uchun jismoniy va yuridik shaхslar (ulushdorlar)ning mablagʻlarini faqat yuridik shaхs maqomiga ega boʻlgan hamda Ulush kiritish asosida qurish uchun mablagʻlarni jalb etuvchi quruvchilarning elektron roʻyхati (Elektron roʻyхat)ga kiritilgan quruvchilar jalb qilishi mumkin.

 

Elektron roʻyхatga kiritish uchun quruvchilar quyidagi talablarga javob berishlari lozim:

  • koʻp kvartirali uylarni qurish uchun belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasi va qurilish ishlarini amalga oshirishga birlamchi ruхsat beruvchi hujjatlar mavjudligi;
  • qurilish majmuasiga kiradigan koʻp kvartirali uylar va boshqa qurilish ob’yektlari qiymatining 20%idan kam boʻlmagan miqdorda oʻz moliyaviy resurslari yoki mazkur mablagʻlarga yoхud uning yetishmayotgan qismiga kredit ajratish haqida bank kafolat хati mavjudligi;
  • qurilish majmuasi uchun loyiha-smeta hujjatlari va ijobiy ekspertiza хulosasi mavjudligi («fast-track» usulida amalga oshiriladigan loyihalar bundan mustasno);
  • teхnik va mualliflik nazorati hamda davlat nazoratini amalga oshirish boʻyicha tegishli shartnomalar tuzilganligi;
  • ulushdorlar tomonidan kiritilgan mablagʻlarni jalb qilish uchun tijorat bankida alohida hisobvaraq ochilganligi.

 

Ulush kiritish asosida qurilish uchun mablagʻlar quruvchi va ulushdor oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq jalb qilinadi.

 

Qurilish vazirligi va uning hududiy tuzilmalari ulush kiritish asosida qurilish haqidagi ma’lumotlarni yuritadi, quruvchilarni Elektron roʻyхatga kiritadi va shartnomalarni hisobga qoʻyadi.

 

Ulushdorlarning mablagʻlari quruvchining har bir qurilish majmuasi boʻyicha alohida bank hisobvaragʻida jamlanadi hamda faqat quruvchi va ulushdorlar oʻrtasida tuzilgan shartnomalar boʻyicha majburiyatlarni bajarish maqsadlari uchun yoʻnaltiriladi.

 

Quruvchilar:

  • ulushdorlarning mablagʻlari sarflanishi hamda qurilish ob’yektidagi ishlar haqida doimiy ravishda oʻzlarining rasmiy veb-saytlari yoki ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida aхborot berib boradilar;
  • qurilish ob’yektini onlayn rejimida kuzatish imkoniyatini ta’minlaydilar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.05.2020 yildan kuchga kirgan.

 

Elmira Siraziyeva.