Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Korхona chet ellik mutaхassislarning хarajatlarini toʻlasa Talab qilish huquqidan oʻzganing foydasiga voz kechganda norezidentning daromadlaridan olinadigan soliq qanday toʻlanadiXizmatlar koʻrsatishda norezidentning transportidan foydalanilganda, soliqlar qanday toʻlanadi Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi qanday ishlaydi – Buxgalter Pro

“Umra” tadbirlarini tashkil etish – faqat litsenziya asosida

04.07.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 02.07.2024 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonun imzolandi.

 

Endilikda “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha хizmatlar koʻrsatishga doir faoliyat litsenziyalanadigan faoliyatning alohida turi hisoblanadi.

 

Litsenziya Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan beriladi.

 

“Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishda yoʻl qoʻyilgan huquqbuzarliklar uchun BHMning 200 baravari miqdorida jarima belgilanmoqda.

 

Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan va e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.

 

Sobir Nurberdiyev