Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Oʻqituvchilarga mashgʻulotlarni oʻtkazganlik uchun soatbay haq toʻlash miqdorlari oshirildi

27.10.2015

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining qoʻshma qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 15 oktyabrda 2719-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlari tasdiqlandi.


 

2015 yil 26 avgustdagi PF–4751-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoniga muvofiq oliy, oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi va ilmiy tadqiqot muassasalari, qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasalari, oʻquv kurslari, umumta’lim maktablari oʻqituvchilarining mehnatiga soatbay haq toʻlash miqdorlari 2015 yilning 1 sentyabridan boshlab oʻrta hisobda 10 foizga oshirildi.

 

 

Belgilanishicha, Fanlar akademiyasi akademiklari mehnatiga soatbay haq toʻlash miqdorlari 15 foizga oshiriladi.

 

 

Konkurs va tanlovlar jyurilari a’zolari, shuningdek konkurs ishlari taqrizchilari mehnatiga haq toʻlashda oliy ta’lim muassasalari talabalari bilan oʻquv mashgʻulotlari olib borganlik uchun toʻlanadigan soatbay haq toʻlash miqdorlari qoʻllaniladi.

 

 

Ta’kidlash joizki, soatbay haq toʻlash miqdorlari akademik soatdan kelib chiqib belgilangan va ularga mehnat ta’tili haqi kiritilgan.

 

 

Shunday me’yor chiqarib tashlandiki, unga koʻra soatbay haq toʻlash asosida oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun shaхslarni jalb qilish faqat muayyan ta’lim muassasasi shtatidagi oʻqituvchilar tarkibi tomonidan oʻtkazilmaydigan oʻquv mashgʻulotlari va fanlari uchun koʻzda tutilardi.

 

 

Hujjat davlat tilida qabul qilingan. 

 

Qaror Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2015 yil 19 oktyabrdagi 41-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

 

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.