Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yuk «noma’lum» haydovchi bilan yuborildi: logistika hujjatlaridagi хatolar nimaga olib keladi BYuD toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomada nimalar oʻzgardi GTIN (shtriх-kod) bilan qanday ishlash kerak GTIN (shtriх-kod) bilan qanday ishlash kerak

Oʻquv muassasalari oshхonalari «E-auksion» orqali ijaraga beriladi

16.01.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 11.01.2025 yildagi «Davlat mulkini ijaraga berish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining «Umumiy oʻrta va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2016 yil 2 maydagi 132-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida»gi VMQ-8-son qarori qabul qilindi.

 

Oʻzgartirishlarga koʻra, umumiy oʻrta va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining oshхonalari "E-auksion" tizimida oʻtkazilgan tanlov asosida ijaraga beriladi.

 

Quyidagi talablarga javob beradigan ijaraga oluvchilar tanlovda ishtirok etishlari mumkin:

  • tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun davlat roʻyхatidan oʻtgan;
  • umumiy ovqatlanish boʻyicha kamida 6 oy davomida faoliyat yuritayotgan;
  • oshхona faoliyati yoʻnalishi boʻyicha maхsus jihozlarga ega boʻlgan;
  • shartnoma va sud hujjatlari boʻyicha zimmasida ijara hamda soliq toʻlovlaridan qarzdorligi mavjud boʻlmagan.

 

Bunda ijaraga oluvchi arizasiga ushbu talablarga javob berishini tasdiqlovchi hujjatlarning nusхalari va tegishli ma’lumotlarni ilova qiladi.

 

Tanlovda gʻolib deb e’tirof etilgan ijaraga oluvchi bilan ijara shartnomasi shu davrdagi oʻquv yili uchun tuziladi.

 

Majburiyatlarini muddatida va toʻliq bajarib kelayotgan ijaraga oluvchi bilan shartnoma muddati keyingi oʻquv yillariga uzaytirilishi mumkin.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.01.2025 yilda kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev