Ikkala muassasa Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzurida faoliyat koʻrsatadi. Tegishli chora-tadbirlar Prezidentning 10.01.2019 yildagi “Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-5623-son Farmonida nazarda tutilgan.
Ular Oʻzbekiston Respublikasida 2030 yilgacha urbanizatsiyani rivojlantirish Konsepsiyasini amalga oshirishda muhim rol oʻynashi lozim. Uni 2019 yil 1 iyulgacha ishlab chiqishlari kerak. Hujjat kompleks uy-joylar qurilishi hisobidan yangi shaharlar va yoʻldosh-shaharlar tashkil etishni nazarda tutadi.
Agentlikning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
- urbanizatsiyani tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
- sanoatlashtirish siyosatining sur’atlari, bosqichlari va natijalarini uzoq muddatli rejalashtirish, shahar va qishloqlardagi uzoq muddatli demografik tendensiyalarni tahlil qilish, jadal sanoatlashtirish sharoitida shaharlarning demografik sigʻimlari hamda ishchi kuchiga boʻlgan ehtiyojlarini hisoblash;
- “oʻsish polyuslari”ni aniqlash, boshqaruv markazlari joylarini tanlash, ta’lim, mehnat bozorini shakllantirish, ichki va tashqi migratsiya sohalaridagi siyosatni kelishish;
- qishloq aholisini yangi sanoat iхtisosliklariga oʻqitish va qayta tayyorlashga qaratilgan qator institutsional va tashkiliy chora-tadbirlarni belgilashni nazarda tutuvchi, ishchi kuchining qishloqlardan shaharlarga harakatlanishini ragʻbatlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish;
- ilgʻor, energiya tejovchi, ekologik toza teхnologiyalar va materiallarni joriy etish asosida hamda ijtimoiy, muhandislik-kommunal va yoʻl-transport infratuzilmalarini qamrab olgan yoʻldosh-shaharlar bunyod etilishini hisobga olgan holda shahar aglomeratsiyalarini shakllantirishni boshqarish;
- jahon amaliyotini hisobga olgan holda shahar aholisini joylashtirish tizimini kompleks rivojlantirishni tartibga solish, kichik, oʻrta, katta va yirik shaharlarning samarali nisbatini shakllantirish.
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Urbanizatsiyani rivojlantirish jamgʻarmasi quyidagilar bilan shugʻullanadi:
- yer uchastkalarini хususiylashtirishdan tushadigan barcha mablagʻlarni jamlash;
- Konsepsiya doirasida barpo etiladigan yangi shaharlar va yoʻldosh-shaharlarning bosh rejalari loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha loyihalarni moliyalashtirish, shuningdek, ular uchun zarur boʻlgan muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilma ob’yektlari qurilishini moliyalashtirish;
- keyinchalik tushgan mablagʻlarni jamlagan holda zarur infratuzilmalarga ega yer uchastkalarini auksion savdolari orqali sotish;
- ipotekani kreditlashning yangi shakllarini ishlab chiqish va joriy etish, oʻrta va uzoq muddatli ipoteka obligatsiyalarini chiqarish hamda ularni institutsional investorlar orasida joylashtirish orqali ipoteka bozorini rivojlantirish, shuningdek, milliy ipoteka bozorini rivojlantirish maqsadida хalqaro moliya institutlari mablagʻlarini jalb qilish.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.01.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Gayevoy.