Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan realizatsiya qilish oborotlari qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan oziq-ovqat mahsulotlari roʻyхatiga tegishli qoʻshimchalar kiritildi (VMning 6.06.2019 yildagi 462-son qaroriga qarang).
Eslatib oʻtamiz, Soliq kodeksining 208-moddasi 28-bandiga muvofiq, oʻzi yetishtirgan qishloq хoʻjaligi mahsuloti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan roʻyхat boʻyicha mamlakatimizda ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlari QQSdan ozod etiladi.
Hukumat tomonidan tasdiqlangan roʻyхatga avvalboshdan kartoshka va guruchning barcha navlari kiritilgan. Ushbu pozitsiyalar toʻldirildi, natijada imtiyoz urugʻlik kartoshka, shu jumladan import qilingani, shuningdek import qilingan guruchga ham tatbiq etiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 7.06.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov.