Bunday oʻzgartirishlar Soliq kodeksiga 29.12.2017 yildagi OʻRQ-454-son «Soliq va byudjet siyosatining 2018 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun bilan kiritildi.
2017 yilda yuridik shaхsdan olinib, uning ustav fondiga (ustav kapitaliga) yoʻnaltirilgan dividendlar tarzidagi daromadlarga soliq solinmagan (SK 156-moddasi 4-qismi).
SKning 156-moddasiga kiritilgan oʻzgartirishlarga binoan imtiyoz 2018 yil 1 apreldan bekor qilinadi.
Shu sanadan boshlab dividendlar tarzidagi barcha daromadlardan soliq undiriladi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Muzaffar Mirzagʻaniyev.