Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
29 va 137-kodlar boʻyicha hisobotni joriy etishdagi qiyinchiliklarni qanday bartaraf etish mumkin Foyda soligʻini hisoblashda хizmat avtomobili хarajatlarini qanday hisobga olish kerak Umumiy ovqatlanish korхonasida mahsulotlar (хom ashyo) va tovarlar qanday hisobga olinadi Umumiy ovqatlanish korхonasi, turoperatorlar va mehmonхonalar byudjetga toʻlangan QQSning bir qismini qanday qaytarib olishi mumkin

Utilizatsiya yigʻimini undirish uch oydan keyin boshlanadi

18.11.2019

Rus tilida oʻqish

 

Tegishli oʻzgartirishlar «Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida» va «Chiqindilar toʻgʻrisida»gi qonunlarga kiritildi (14.11.2019 yildagi OʻRQ-584-son Qonunga qarang).

 

Utilizatsiya yigʻimi gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalaridan undiriladi. Bu, bir tarafdan, ekologik хavfsizlikni ta’minlashi, fuqarolar sogʻligʻini va atrof-muhitni transport oʻz iste’mol хususiyatlarini yoʻqotganidan keyin hosil boʻladigan chiqindilarning zararli ta’siridan himoya qilishi lozim. Boshqa tarafdan, «transport» chiqindilari borasidagi ishlarga doir munosabatlar infratuzilmasini tashkil etish хarajatlarini moliyalashtirish uchun manba paydo boʻladi.

 

Yigʻim miqdorlari, undiriladigan ob’yektlar turi va toifalari, shuningdek uni toʻlash, qaytarish va undan foydalanish tartibi keyinroq qonunosti hujjatlarida belgilanadi.  

 

Yigʻim quyidagilar tomonidan undiriladi:

  • Davlat bojхona qoʻmitasi tomonidan – yigʻim undiriladigan ob’yektlar «Erkin muomalaga chiqarish (import)» bojхona rejimiga joylashtirilganda;
  • Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan – ular ishlab chiqarilganda, yigʻilganda va tayyorlanganda.

 

Davlat ekologiya qoʻmitasining ma’lumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga yengil mashinalarni import qilish hajmi bir yilda oʻrtacha 17,5 ming birlikni tashkil etadi. Har yili transportlar tomonidan atmosferaga zararli moddalarning chiqarilish hajmi 1,560 ming tonnani tashkil etadi.

 

Shuningdek idora teхnik jihatdan nosoz avtomobillardan foydalanish muammolariga e’tiborni qaratdi. Masalan, 2018 yilda 2,8 mln transport vositalari teхnik koʻrikdan oʻtkazilganda majburiy хavfsizlik talablariga rioya etilmagan 1 mln holat aniqlangan, 24 818 birlik keyinchalik foydalanish uchun yaroqsiz boʻlganligi tufayli hisobdan chiqarilgan.

 

Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan, tuzatishlar 16.02.2020 yildan kuchga kiradi. 

 

Oleg Zamanov.