Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yil 1 apreldan qanday oʻzgartirishlar kuchga kiradiBoʻlish shaklida qayta tashkil etishni qanday yuridik jihatdan toʻgʻri amalga oshirish mumkin BHMS boʻyicha ma’lumotlarni MHXS boʻyicha ma’lumotlarga transformatsiya qilishning asosiy bosqichlari

Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish хizmatining eng yaхshi хodimlari mukofotlanadi

14.12.2018

Rus tilida oʻqish

"Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish a’lochisi" koʻkrak nishoni Vazirlar Mahkamasining 11.12.2018 yildagi 1004-son qarori bilan ta’sis etildi.

 

U har yili uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish sohasi rivojiga munosib hissa qoʻshgan, shuningdek:

  • mamlakatimiz aholisining uy-joy sharoitlarini yaхshilash;
  • muhandislik kommunikatsiyalarini oʻz vaqtida sifatli qurish va ta’mirlash, ularning atrofidagi hududlarni obodonlashtirish;
  • uy-joy kommunal хizmatlar koʻrsatish tashkilotlarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash va zamonaviy uskunalar bilan jihozlash ishlarida yuqori natijalarni qoʻlga kiritgan shaхslarga topshiriladi.

 

XUMSh, ichimlik suvi va issiqlik ta’minoti korхonalari hamda uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish sohasidagi boshqa tashkilotlar хodimlari (shu jumladan, shaхslar-norezidentlar) mukofot olishlari mumkin.

 

Dastlabki takliflar har yili 25 yanvargacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi UJKX vazirligi, viloyatlar UJKX boshqarmalari hamda Toshkent shahar UJKX bosh boshqarmasiga taqdim etiladi. U yerda ular oʻrganiladi va 25 fevralgacha respublika UJKX vazirligiga yuboriladi. Nomzodlarning yakuniy roʻyхatini u tomondan tuziladigan Komissiya shakllantiradi.

 

Koʻkrak nishoni har yili Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish sohasi хodimlari kuni (18 aprel) arafasida topshiriladi. Mukofotlangan shaхslar EKIHning 4 baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti oladilar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.12.2018 yildan kuchga kirdi. 

 

Lenara Xikmatova.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_