2024 yil 15 noyabrdagi OʻRQ-1001-son Qonun bilan Soliq kodeksining 483-moddasiga ipakchilik tarmogʻini yanada rivojlantirishga qaratilgan qoʻshimchalar kiritildi.
Xususan, hujjat bilan Soliq kodeksining 483-moddasiga quyidagilarni nazarda tutuvchi qoʻshimchalar kiritilmoqda:
- jismoniy shaхslarning uy sharoitida tirik pilla yetishtirish faoliyatidan (kasanachilikdan) olingan daromadlari JShDSdan ozod qilinadi;
- uy sharoitida tirik pilla yetishtiruvchi kasanachilar mehnatiga haq toʻlashga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar ijtimoiy soliqdan ozod qilinadi;
- tutzorlar bilan band boʻlgan yer uchastkalari uchun yer soligʻi koeffitsiyent qoʻllanilgan holda hisoblab chiqariladi.
Mazkur qoʻshimcha 2023 yil 1 yanvardan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.11.2024 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova