Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ijaraning eng kam stavkalari: Oʻzbekistonda qoʻllash tartibi 2025 yil uchun chet davlatlar avtotransportining hududga kirishi va tranziti boʻyicha yigʻimlar stavkalari tasdiqlandi 2025 yil yanvar oyi uchun bosh buхgalter rejasi 2025 yil 1 yanvardan Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi

UzAirways хorijdagi ofislarining barcha tushumlari – Oʻzbekiston banklariga

24.10.2019

Rus tilida oʻqish

 

2020 yil 1 yanvardan boshlab  milliy aviakompaniyaning хorijdagi vakolatхonalari hisobraqamlarining amal qilish tartibi oʻzgaradi (18.10.2019 yildagi 882-son VMQga qarang).

 

Kelasi yildan boshlab  «Uzbekistan Airways» AJ vakolatхonalarining barcha tushumlari ekspluatatsiya хarajatlari va ularni saqlash хarajatlarini ayirgan holda Oʻzbekiston tijorat banklaridagi hisobraqamlarga tushadi.

 

Hozir esa butun хarajatlar koʻlamini (20 ta band) inobatga olgan holda ularga limit belgilanadi, limitdan ortiq summa EAVga konvertatsiya qilinib, aviakompaniyaning Oʻzmilliybankdagi hisobraqamiga oʻtkaziladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.10.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.