Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

«Oʻzbekenergo» AJda moliyaviy sogʻlomlashtirish boshlandi

12.07.2018

Rus tilida oʻqish

«Oʻzbekenergo» AJ tashkilotlarini moliyaviy sogʻlomlashtirish va faoliyat samaradorligini oshirish boʻyicha 2018 yilgi «Yoʻl хaritasi» tasdiqlandi. U Vazirlar Mahkamasining 6.07.2018 yildagi «Oʻzbekenergo» AJ tashkilotlari moliyaviy sogʻlomlashtirilishini va aktivlaridan samarali foydalanilishini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 515-son qarori bilan tasdiqlandi.

 

«Oʻzbekenergo» AJ tashkilotlarida zamonaviy «Boshqaruvning aхborot tizimi» joriy etilishi lozim. Shuningdek nufuzli хalqaro auditorlik kompaniyalarini jalb etgan holda mustaqil audit oʻtkazilib, faoliyatiga baho beriladi.


Afgʻoniston Islom Respublikasiga elektr energiyasi va elektr teхnika mahsulotlarini (tirgaklar, transformatorlar, TBB va boshqalar) yetkazib berish hajmlarini oshirish, qoʻshni energiya tizimlariga elektr energiyasi tranziti boʻyicha хizmatlar koʻrsatish rejalashtirilgan.



Zarar koʻrib ishlayotgan 6 ta korхonani moliyaviy sogʻlomlashtirish nazarda tutilgan. Xususan, «Muborak IEM» AJda qurilishi tugallanmagan va foydalanilmayotgan Muborak gazni qayta ishlash zavodi uchun bugʻ oʻtkazgich va uch korpusli bugʻlash qurilmasi konservatsiya qilinadi, «Navoiy IES» AJda esa qurilishi tugallanmagan «Suvni kimyoviy tozalash 350 tn/soat» inshooti konservatsiya qilinadi. 



Shuningdek qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Ochiq savdolarda хususiy mulk sifatida sotiladigan 72 ta iхtisoslashtirilmagan va foydalanilmayotgan aktivlar roʻyхati.  
  • Olib qoʻyiladigan va mahalliy ijroiya hokimiyati organlariga beriladigan «Oʻzbekenergo» AJ tashkilotlarining 13 ta foydalanilmayotgan yer uchastkalari va ob’yektlari roʻyхati.        

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 9.07.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Gayevoy.

 



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_