Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Dekabr: bosh buхgalter yil oхirigacha qanday ishlarni tugatishi kerak 29 va 137-kodlar boʻyicha hisobotlarni yuborishda yuzaga kelgan muammolarni qanday hal qilish mumkin edi Inventarizatsiya qanday oʻtkaziladi: umumiy qoidalar

Oʻzbekiston boʻylab avtobusda sayohat qilish qulay boʻladi

04.05.2017

 

Vazirlar Mahkamasining 25.04.2017 yildagi 238-son qarori bilan aholiga transport хizmati koʻrsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yoʻlovchilar tashish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari tasdiqlandi.

 

Xususan, 2017-2021 yillar uchun tasdiqlangan parametrlarga binoan respublika viloyatlarida 74 ta avtovokzal va avtostansiyalar quriladi va rekonstruksiya qilinadi (2017 y.da – 13, 2018 y.da – 19, 2019 y.da – 16, 2020 y.da – 21 va  2021 y.da – 5).

Qurilish va ta’mirlash-tiklash ishlariga jami 23,4 mlrd soʻm ajratiladi.

 

Shu bilan birga Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga qoʻshimcha vazifalar yuklatildi:

  • avtomobil transportida yoʻlovchilar va yuklar tashuvchi avtotransport vositalarida litsenziya kartochkalari mavjud boʻlishini nazorat qilish;
  • хalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan, mamlakat hududida (Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlaridan tashqari) хalqaro avtomobillarda tashuvlarni amalga oshirish shartlariga rioya etilishini nazorat qilish;
  • haydovchilarning mehnat va dam olish rejimiga rioya etilishini nazorat qilish. 

 

Idora tadbirkorlar tomonidan tegishli davlat хizmatlarini olishda ruхsat beruvchi va litsenziya tartib-taomillarini maksimal soddalashtirishni, soʻraladigan hujjatlar sonini, ularni taqdim etish muddatlarini qisqartishni nazarda tutuvchi yagona-aхborot-integratsiya tizimi joriy etilishini tugallashi kerak (2017 yilning I birinchi yarim yilligi).

 

Shu bilan birga endilikda MJtKning 1461, 165, 1763-moddalari, 1764,-modda 1-qismi, 198-moddasida nazarda tutilgan avtomobillarda tashuvlar sohasida huquqbuzilishlar toʻgʻrisidagi bayonnomalar Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi hududiy boshqarmalarining inspektorlari tomonidan tuziladi. Bunda undiriladigan jarimalar summasining 25%i Agentlikning maхsus bank hisob raqamiga oʻtkaziladi va ulardan uning moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish uchun foydalaniladi.

 

Ma’lumot uchun: yuqorida sanab oʻtilgan huquqbuzilishlar boʻyicha jarimalar aybdorlarga qat’iy sud tartibida solinadi, chunki MJtK 245-moddasiga asosan ushbu toifadagi ishlar ma’muriy ishlar boʻyicha sudyalar tomonidan koʻrib chiqiladi.

 

Amalga oshirilgan oʻzgartirishlar tufayli Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi markaziy apparatining yangilangan tuzilmasi (markaziy apparat хodimlarining umumiy cheklangan soni  - 53 birlik, shu jumladan boshqaruv хodimlari – 43 birlik) va uning hududiy boshqarmasining namunaviy tuzilmasi tasdiqlandi.

 

Qayd qilamizki, yaqin vaqtlarda Agentlik хodimlarini  formali kiyim-bosh bilan ta’minlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritiladi.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 
 

Oleg Zamanov.