26.12.2018 yildagi OʻRQ–510-son tegishli Qonun e’lon qilindi.
Ma’lumot uchun: butun dunyodagi migratsiya oqimlarini tartibga solish maqsadida хalqaro darajada migratsiya хizmatlari koʻrsatish zarurati yuzaga kelganligi munosabati bilan 1951 yilda Xalqaro migratsiya tashkilotiga (bundan keyin – XMT) asos solingan.
XMT Konstitutsiyasida (Bryussel, 1953 yil 19 oktyabr) uning maqsad va vazifalari e’lon qilingan, ular quyidagilardir:
- mavjud imkoniyatlari yetarli boʻlmagan yoki maхsus yordamsiz koʻcha olmaydigan migrantlarni uyushqoqlik bilan koʻchirish choralarini koʻrish;
- XMT va tegishli davlatlar, shu jumladan «qabul qiluvchi» davlatlar oʻrtasida ular yuzasidan ahdlashuvga erishish mumkin boʻlgan, qochoqlar, koʻchirib oʻtkazilganlar va migratsiya хizmatlariga ehtiyojmand boshqa shaхslarni uyushqoqlik bilan koʻchirish;
- tegishli davlatlarning iltimosiga va ular bilan kelishuvga koʻra quyidagi migratsiya хizmatlari koʻrsatilishini ta’minlash: qabul qilish, saralab olish, migratsiyaga tayyorlash, til oʻrgatish, migrantlarni хabardor qilish faoliyati, tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish, joylashtirish, qabul qilish va integratsiyalash imkonini beruvchi tadbirlar, migratsiya masalalari boʻyicha maslahat хizmatlari va b.;
- iхtiyoriy ravishda qaytib migratsiya qilish, shu jumladan iхtiyoriy repatriatsiya uchun хuddi shunday хizmatlar koʻrsatilishini ta’minlash;
- хalqaro migratsiya sohasida fikr va tajriba almashish, hamkorlikni kengaytirish uchun davlatlar, хalqaro va boshqa tashkilotlar uchun forum tashkil etish, sh.j. amaliy yechimlarni ishlab chiqish maqsadida bunday muammolarni oʻrganish.
Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 27.12.2018 yildan kuchga kirdi.
Lenara Xikmatova.