Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Oʻzbekiston XMTning yana ikkita Konvensiyasini ratifikatsiya qildi

29.08.2019

Rus tilida oʻqish

 

Bu e’lon qilingan 27.08.2019 yildagi OʻRQ-555 va OʻRQ-556-son Qonunlarda nazarda tutilgan.

 

Soʻz Xalqaro mehnat tashkilotining:

 

  • sanoat va savdoda mehnat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi 81-son Konvensiyasi (Jeneva, 1947 yil 11 iyul);

 

  • qishloq хoʻjaligida mehnat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi 129-son Konvensiyasi (Jeneva, 1969 yil 25 iyul) хususida bormoqda.

 

Eslatib oʻtamiz, joriy yilda davlatimiz tomonidan XMTning хalqaro mehnat normalari qoʻllanilishiga koʻmaklashish uchun uch tomonlama maslahatlashuvlar toʻgʻrisidagi 144-son Konvensiyasi (Jeneva, 1976 yil 21 iyun) hamda zoʻrlab ishlatish yoki majburiy mehnat toʻgʻrisidagi 1930 yildagi 29-son XMT Konvensiyasiga Bayonnoma (Jeneva, 2014 yil 11 iyun) ratifikatsiya qilingan edi.

 

Qonunlar Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.08.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.