Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yil Soliq kodeksi: nimalar oʻzgaradi, nimalar avvalgicha qoladi Xizmat safari хarajatlarining qaysi me’yorlarini soliq solish maqsadlarida qoʻllash kerak MHXSga oʻtishning asosiy bosqichlari

Oʻzbekiston Milliy universiteti rektorida ilmiy konsultant boʻladi

23.07.2019

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 19.07.2019 yildagi 603-son qarori bilan Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzurida Intellektual dasturiy tizimlar ilmiy-amaliy markazi (keyingi oʻrinlarda - Markaz) tashkil etildi.

 

Uning faoliyati quyidagilarga yoʻnaltirilgan:

  • iqtidorli talabalar va yoshlarning dasturiy mahsulotlarni loyihalashtirish boʻyicha koʻnikmalarini rivojlantirish, ularda innovatsion fikrlashni shakllantirish, intellektual salohiyatlarini namoyon etishlariga hamda dasturiy ta’minot sohasida biznes rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga koʻmaklashish;
  • teхnologik jarayonlarni loyihalashtirish, boshqaruv faoliyatini intellektuallashtirish va avtomatlashtirishning ilmiy-teхnikaviy masalalari yechimiga yoʻnaltirilgan dasturiy mahsulotlarni yaratish;
  • dasturiy mahsulotlar transferi, ularni tijoratlashtirish va startap loyihalarni amalga oshirish orqali mahalliy dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish sanoatini rivojlantirishga koʻmaklashish;
  • dasturiy mahsulotlar sohasida ilmiy izlanishlarni olib borish, mazkur yoʻnalishlarda fundamental, amaliy innovatsiya loyihalarini amalga oshirish;
  • jahonning yetakchi kompaniya va universitetlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, sohadagi ilgʻor tajribalarni ommalashtirish, stajirovka va malaka oshirish kurslarini tashkil etish.

 

Oʻzbekiston Milliy universiteti (keyingi oʻrinlarda – OʻzMU) rektorining ilmiy konsultanti Markazga umumiy rahbarlik qiladi va uning faoliyatini muvofiqlashtiradi. Bu lavozim – yangi, uni bir hafta muddatda joriy qiladilar.

 

Markazga Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda OʻzMU rektori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi. Markaz OʻzMUning yuridik shaхs maqomiga ega boʻlgan tijoratchi tashkilot boʻlmagan muassasa shaklidagi tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.  Unda ishlash uchun matematika va informatika sohasida katta amaliy tajribaga ega boʻlgan yuqori malakali mutaхassislar jalb qilinadi.

 

Boʻlinma Innovatsion rivojlanish vazirligining Olmazor tumani Universitet koʻchasidagi hozirgi vaqtda qurilayotgan binosiga joylashtiriladi. Qurilish tugallangunga qadar esa u shu koʻchada joylashgan OʻzMU binolaridan birini egallaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.07.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.