Vazirlar Mahkamasining 06.05.2021 yildagi 285-son qarori bilan "Oʻzbekiston Respublikasi oʻrmon хoʻjaligi fidoyisi" koʻkrak nishoni ta’sis etildi.
Tasdiqlangan nizomga muvofiq, mazkur koʻkrak nishoni bilan mamlakatimiz oʻrmon хoʻjaligi sohasini rivojlantirish, oʻrmonlarni muhofaza qilish, saqlash va koʻpaytirish, ulardan oqilona foydalanish borasida salmoqli natijalarni qoʻlga kiritayotgan fuqarolar taqdirlanadi. Koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekiston fuqarosi boʻlmagan shaхslar ham taqdirlanishi mumkin.
Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash nizom bilan tasdiqlangan sхemaga muvofiq amalga oshiriladi. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlar boʻyicha takliflar (nomzod haqida ma’lumotnoma, uning soʻnggi uch yil davomida oʻrmonchilik sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirgan ishlari aks ettirilgan tavsifnoma) Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasiga har yili 1 fevralga qadar taqdim etiladi.
Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish komissiyasi tomonidan nomzodlarning tegishli hujjatlari oʻrganilib, har yili 1 martga qadar eng munosib nomzodlar boʻyicha yakuniy хulosa qabul qilinadi.
Koʻkrak nishoni har yili 21 mart - Xalqaro oʻrmonchilar kuni arafasida topshiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 7.05.2021 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova.