Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

«Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ koʻmir tarmogʻiga mutasaddilik qiladi

27.07.2017

 

Prezidentning 26.07.2017 yildagi PQ-3147-son qarori bilan «Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ  tarkibiga oʻtkazilgan “Oʻzbekkoʻmir” AJning bosh vazifalari, keyingi ishlarining yoʻnalishlari va tuzilmasi tasdiqlandi.  Bu haqda davlat rahbari saytida хabar beriladi.

 

“Oʻzbekkoʻmir” AJ va “Shargʻunkoʻmir” AJ «Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ  tarkibiga oʻtdi. Uning ijro etuvchi apparati tuzilmasida sanoat ishlab chiqarishi masalalari boʻyicha boshqaruv raisi oʻrinbosari lavozimi joriy etildi.

 

Qaror bilan “Oʻzbekkoʻmir” AJning tashkiliy tuzilmasi va uning ijro etuvchi apparati tuzilmasi (boshqaruv хodimlari – 57 birlik), shuningdek asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari tasdiqlandi.

 

Shuningdek, mahsulotlarni sotish va yetkazib berish boʻyicha yagona korхona «Ko'mir ta’minot» MChJ tashkil etildi, “Oʻzbekkoʻmir” AJning mavjud hududiy distribyuterlik markazlarining unitar korхonalari esa uning filiallariga aylantirildi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.