Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
SK-2025: bozorlar va savdo majmualarida savdo qiluvchi YaTTlar хodimlari uchun ijtimoiy soliq kamaytirildi 2024 yil uchun ekologiya boʻyicha kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash va hisobot topshirish tartibi Transport vositalari, shinalar va pokrishkalar boʻyicha utilizatsiya yigʻimini qanday toʻlash kerak

Oʻzbekiston va Fransiya – turizm sohasida hamkor

26.02.2019

Rus tilida oʻqish

 

2018 yil 9 oktyabr kuni Parij shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Fransiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida turizm sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Hadli bitim tasdiqlandi (23.02.2019 yildagi PQ–4208-son qarorga qarang).

 

Hujjat 2018 yil 8-9 oktyabrda Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga rasmiy tashrifi davomida davlatlar rahbarlari tomonidan imzolangan.

 

Yaqin orada TIV mamlakatimiz tomonidan mazkur хalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi toʻgʻrisida tegishli bildirishnoma yoʻllaydi.

 

Ushbu hujjat kuchga kirgandan keyin Oʻzbekistonning majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash Hukumat hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari zimmasiga yuklatildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.02.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.