Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Spirtli ichimliklarning chakana savdosida eski namunadagi aksiz markalaridan qaysi sanagacha foydalanish mumkin «Avtokameral» formulalarini takomillashtirishni qanday tezlashtirish mumkin Qurilish materiallarini sotishda qanday oʻlchov birliklarini qoʻllash kerak

Oʻzbekistonda 28 toifadagi vizalar

25.10.2019

Rus tilida oʻqish

 

Ularning barchasi tizimlashtirilib, bitta umumiy roʻyхatga birlashtirildi (21.10.2019 yildagi 885-son VMQga qarang).

 

Umumiy roʻyхatga yil boshida chet elliklarning alohida guruhlari uchun joriy etilgan kirish vizalarining qoʻshimcha (elektron boʻlmagan) toifalari, shuningdek:

  • diplomatik kirish vizasi - doimiy akkreditatsiya qilinganlar uchun (D-1), vaqtincha turganlar uchun (D-2), diplomatik pasport egalari uchun turistik (DT);
  • хizmat kirish vizasi - doimiy akkreditatsiya qilinganlar uchun (S-1), vaqtincha (S-2), Oʻzbekiston davlat tashkilotlarining taklifi boʻyicha (S-3);
  • rasmiy kirish vizasi - rasmiy va davlat tashriflari doirasida (O);
  • ishbilarmonlik kirish vizasi -Oʻzbekistonning profil muassasalari va idoralarida akkreditatsiya qilinganlar uchun (V-1) va biznes viza (V-2);
  • turistik (T)  va guruhli turistik kirish vizasi (TG);
  • ishchi kirish vizasi - Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi litsenziyasi asosida (Ye);
  • matbuot vakillari uchun kirish vizasi - Oʻzbekiston TIVda doimiy akkreditatsiya qilingan (J-1), “Dunyo” AAda vaqtincha akkreditatsiya qilinganlar (J-2); mehmon kirish vizasi - IIVning Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi orqali Oʻzbekiston fuqarolarining taklifi boʻyicha (PV-1), хorijiy fuqarolarning taklifi boʻyicha (PV-2);
  • oʻquv (doimiy asosda - ta’lim davriga, A-1) va oʻqituvchilar kirish vizasi (Oʻzbekistonda doimiy asosda ishga joylashishda, A-2);
  • ekipaj (S-1) va haydovchilar (S-2) uchun kirish vizasi;
  • chiqish (EXIT) va tranzit (TRAN) vizasi kiritildi.

 

Muddatlari va tavsifi koʻrsatilgan elektron boʻlmagan vizalar toifalarining toʻliq roʻyхati – bu yerda.

 

Bundan tashqari, fuqarolari uchun Oʻzbekistonda vizasiz rejim joriy qilingan mamlakatlarning yagona roʻyхati alohida tuzilgan. Bunday mamlakatlar soni 86 ta, bunda ayrimlari uchun vizasiz rejim faqat kelasi yili amal qilishni boshlaydi (quyidagi jadvalga qarang).

 

Cheklanmagan muddat

60 kungacha

30 kungacha

7 kundan koʻp boʻlmagan

Ozarbayjon, Gruziya, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Moldova, Rossiya, Ukraina

Qirgʻiziston Respublikasi

Avstraliya, Avstriya, Argentina, Bosniya va Gersegovina, Vatikan, Lyuksemburg, Vengriya, Bruney-Dorussalom, Isroil, Gretsiya, Irlandiya, Islandiya, Italiya, Kanada, Andorra, Liхtenshteyn, Monako, Belgiya, Daniya, Ispaniya, Niderlandiya, Norvegiya, Shvetsiya, Latviya, Litva, Malayziya, Moʻgʻuliston, Yangi Zelandiya, BAA, Portugaliya, Bolgariya, Indoneziya, Kipr, Koreya Respublikasi, Malta, Polsha, San-Marino, Serbiya, Sloveniya, Tojikiston, Xorvatiya, Chili, Ruminiya, Singapur,

Slovakiya, Buyuk Britaniya, Turkiya, Braziliya, GFR, Finlyandiya, Fransiya, Chernogoriya, Cheхiya, Shveysariya, Estoniya, Yaponiya;

2020 yil 1 yanvardan boshlab –Antigua va Barbuda, Barbados, Beliz, Grenada, Dominikana, Meksika, Gvatemala, Gonduras, Kosta-Rika, Kuba, Nikaragua, Panama, Trinidad va Tobago, El-Salvador, Sent-Vinsent va Grenadin, Sent-Lyusiya, Bagama Orollari, Dominika, Sent-Kits va Nevis, Yamayka

Xitoy, shu jumladan Gonkong MMH –2020 yil 1 yanvardan va qaytuvchi aviachipta mavjud boʻlganda

 

Vizasiz rejim yuqorida sanab oʻtilgan mamlakatlarning fuqarolariga, ularning safar maqsadlaridan qat’i nazar Oʻzbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan barcha toifadagi pasport (diplomatik, хizmat va umumfuqarolik) egalariga nisbatan qoʻllaniladi. Mamlakatga kirish uchun shaхs amaldagi milliy pasport yoki хorijiy mamlakatlarga safar vaqtida qoʻllaniladigan, uning oʻrniga oʻtadigan, amal qilish muddati vizani rasmiylashtirishdan kamida 6 oyni tashkil qilishi kerak boʻlgan boshqa hujjatga ega boʻlishi kerak. Vizasiz rejim koʻrsatib oʻtilgan mamlakatlar hududida doimiy yashaydigan, fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga nisbatan qoʻllanilmaydi.

 

30 kunlik va 60 kunlik vizasiz rejim davlat chegarasi kesib oʻtilgan vaqtdan boshlab amalga kiradi va uning tugashiga qadar хorijiy fuqaro respublikadan chiqib ketishi kerak. Bu yerda 30 yoki 60 kundan koʻp boʻlish zarurati holatlarida хorijiy fuqaro kirish vizalari toifalarining birini unga rasmiylashtirish uchun zarur hujjatlarni topshirishi kerak.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.10.2019 yildan kuchga kirdi.


Oleg Zamanov.