Prezidentning 2.04.2018 yildagi «Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi. Hujjat OʻzA saytida joylashtirildi.
Oʻzbekistonda taniqli qirgʻiz yozuvchisi Chingiz Aytmatovning (1928–2008) badiiy merosi yuqori baholanadi. Uning asarlari mamlakatimizda millionlab nusхalarda nashr etilmoqda, Oʻzbekiston Milliy universitetida doimiy faoliyat koʻrsatadigan «Chingiz Aytmatov va Oʻzbekiston» ekspozitsiyasi tashkil etildi.
Adib tavalludining 90 yilligini nishonlashga bagʻishlangan bayram tadbirlari rejasi doirasida quyidagilar nazarda tutilgan:
- «Chingiz Aytmatov va Oʻzbekiston» nomli хotira kitobini nashrga tayyorlash va chop etish;
- Chingiz Aytmatov hayoti va ijodiy faoliyati haqida hujjatli film yaratish;
- yozuvchi asarlari asosida yangi spektakl sahnalashtirish va badiiy film suratga olish;
- Chingiz Aytmatov хotirasini abadiylashtirish maqsadida Toshkent shahrining markaziy koʻchalaridan biriga adib nomini berish;
- Toshkent viloyati Parkent tumanidagi 33-maktabda adib byustini oʻrnatish;
- «Chingiz Aytmatov va oʻzbek adabiyoti» mavzusida ilmiy konferensiya oʻtkazish;
- mamlakatimizdagi oliy oʻquv yurtlari, kollej va litseylar, umumta’lim maktablari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda taniqli shoir va yozuvchilar, olimlar ishtirokida uchrashuvlar, adabiy kechalar tashkil etish;
- Oʻzbek Milliy akademik drama teatrida atoqli adib хotirasiga bagʻishlangan ijodiy kecha oʻtkazish (2018 yil dekabr oyining ikkinchi oʻn kunligida).
Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov.