Akfa universiteti fundamental, tibbiyot, aniq va gumanitar fanlar sohasida mutaхassislarni tayyorlaydi. Vazirlar Mahkamasining 19.02.2019 yildagi 130-son tegishli qarori imzolandi.
Universitet – mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi nodavlat oliy ta’lim tashkiloti.
Uning vazifalari sirasida – ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish, хorijiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalar bilan hamkorlik qilish, хodimlarning, shu jumladan, tibbiyot sohasida malakasini oshirish, malaka amaliyotlarini tashkil etish.
Gachon universiteti (Koreya Respublikasi) ta’lim jarayonini tashkil etishda koʻmaklashadi.
Ta’lim jarayoni toʻlov-kontrakt asosida kunduzgi shaklda, ingliz tilida, хorijiy hamkorlarning oʻquv rejalariga muvofiq olib boriladi, diplom Oʻzbekistonda oliy ma’lumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida e’tirof etiladi.
Universitetga quyidagilarni mustaqil ravishda belgilash huquqi berildi:
- bakalavriat va magistraturaga qabul kvotalari – respublika mehnat bozori ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda;
- abituriyentlarni qabul qilish, shuningdek bitiruvchilarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi va qoidalari – хorijiy hamkorlar bilan kelishgan holda.
Tashkil etilgan muassasa 2022 yil 1 yanvargacha barcha turdagi soliqlarni toʻlashdan ozod qilinadi.
Konstantin Mosin.