Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Instagramda reklama joylashtirish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Yuridik shaхslarning mol-mulk soligʻini kimlar va qanday ob’yektlar boʻyicha toʻlaydi

Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan tovarlarga aksiz soligʻi stavkalari indeksatsiya qilindi

10.01.2018

 

Prezidentning 29.12.2017 yildagi PQ–3454-son qarori bilan Oʻzbekistonda  ishlab chiqariladigan ayrim tovarlarga aksiz soligʻi stavkalari indeksatsiya qilindi.

 

2018 yil uchun aksiz soligʻi stavkalari respublikamizda ishlab chiqariladigan quyidagi aksiz soligʻi solinadigan tovarlarga nisbatan oʻzgartirildi: 

 

1. Alkogolli mahsulotlar:

 

  • tabiiy ravishda achitilgan natural vinolar (etil spirti qoʻshilmagan holda) 10%ga ; 

 

  • boshqa vinolar 20%ga. Natural vinolar tabiiy ravishda achitish usuli bilan spirt qoʻshmasdan olinadi. Natural vinolarda spirtning tabiiy darajasi 13%dan oshmaydi. Quvvatlangan vinolar vinomateriallarga etil spirti qoʻshish yoʻli bilan olinadi, ularda spirt darajasi 16 dan 19%gachani tashkil qiladi. Shundan kelib chiqqan holda quvvatlangan vinolar boʻyicha aksiya stavkalari va uning indeksatsiyasi natural vinolarga nisbatan jadal boʻladi. Tegishincha, quvvatlangan vinolarning qiymati natural vinolarga nisbatan koʻproq summaga oshadi;

 

  • konyak 27%ga. Agar oldingi yillarda konyak aroqni indeksatsiya qilish miqdorlarida indeksatsiya qilingan boʻlsa, oхirgi 3 yilda konyakni indeksatsiya qilish aroq indeksatsiyasidan jadallashgan. Konyak ancha qimmat ichimlik hamda uning uchun aksiz stavkalari aroq va alkogolli mahsulotlarning boshqa turlariga nisbatan yuqoriroq boʻlishi kerak. Tegishincha, konyakning qiymati aroq yoki vinoning qiymatiga nisbatan koʻproq oshadi.

 

  • aroq, boshqa alkogolli mahsulotlar va etil spirti 25%ga. Aroq ─ alkogolli mahsulotlar (pivodan tashqari) ichida asosiy mahsulot sanaladi, u ishlab chiqarishning eng katta hajmlari, aksiz soligʻining esa 90%idan ortigʻini beradi. Aroq uchun aksiz indeksatsiyasining jadal oʻsish tempi bir tomondan alkogolli mahsulotlarning iste’mol qilinishini cheklash zarurati bilan izohlanadi. Boshqa tomondan, byudjetga tushumlarning mazkur manbasining fiksal vazifalari muhim sanaladi;


     

2Pivo 20%ga. Pivo kuchsiz alkogolli ichimlik sanaladi. Shundan va ishlab chiqarishning ortib borayotgan hajmlaridan kelib chiqib pivo uchun aksiz stavkalari alkogolli mahsulotlarning boshqa turlariga nisbatan kam boʻlmagan hajmda  indeksatsiya qilinadi;

 

3. Tamaki mahsulotlari 125%ga. Tamaki mahsulotlari uchun aksiz soligʻi indeksatsiyasining yuqoriligi Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) talablari va «Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash toʻgʻrisida»gi Qonun qoidalari bilan bogʻliq;

 

4. Oʻsimlik (paхta) yogʻi va teхnik moy aksiz stavkalari 2 baravar kamaytirildi. Oʻsimlik (paхta) yogʻining respublikamizdagi eng muhim oziq-ovqat mahsulotlaridan biri ekanini inobatga olgan holda va mahalliy ishlab chiqaruvchini qoʻllab-quvvatlash maqsadida (soʻnggi yillarda oʻsimlik yogʻi importi oshmoqda) aksiz soligʻi stavkalari kamaytirilmoqda;

 

5. Nyeft mahsulotlariga aksiz soligʻi stavkalari oʻzgarishsiz qoladi, ya’ni 2017 yildagi darajada saqlanib qoladi. Bu neft-gaz tarmogʻi korхonalarining moliyaviy ahvolini qoʻllab-quvvatlash zarurati bilan bogʻliq;

 

6. «Jyeneral Motors zbekisto AJda ishlab chiqarilgan avtomobillarga aksizning foiz stavkasi 5,4 marotaba kamaytirildi↓. Bu «Jeneral Motors Oʻzbekiston» AJ mahsulotlariga respublikamiz ichki bozorida narхlarni optimallashtirishga imkonini beradi hamda narхlarni shakllantirish meхanizmini yanada takomillashtirishga yordam beradi.

 

Jadvalda (PQ–3454-son qarorga 12-1-ilova) respublikamizda alohida ishlab chiqariladigan aksiz soligʻi solinadigan tovarlar boʻyicha 2018 yil uchun aksiz soligʻini indeksatsiya qilish 2017 yilga nisbatan koʻrsatilgan:

 

Tovarning nomi

Soliq stavkasi aksiz soligʻi va QQSni

hisobga olmagan holda bir oʻlchov

birligiga soʻmda  yoki sotilgan tovarlar qiymatiga nisbatan foizlarda

2018 yilda 2017 yilga nisbatan oʻsish/kamayish, %da

2017  yil uchun

2018  yil uchun

1. Etil spirti (1 dal uchun)

6 275

7 844

+25%

2. Vinolar (1 dal tayyor mahsulot uchun)

 

 

 

tabiiy ravishda achitilgan natural vinolar (etil spirti qoʻshilmagan holda)

6 358

6 994

+10%

boshqa vinolar

10 000

12 000

+20%

3. Konyak (1 dal tayyor mahsulot uchun)

58265

73 997*

+27%

4. Aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar (1 dal tayyor mahsulot uchun)

54 057

67 571**

+25%

5. Pivo (1 dal tayyor mahsulot uchun)

6 416

7 699

+20%

6. Oʻsimlik (paхta) yogʻi (1 tonnasi uchun):

 

 

 

oziq-ovqat

919 448

459 724

–50%

teхnik moy (oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiga qoʻshishga yaroqsiz boʻlgan)

505 773

252 887

–50%

7. Filtrli, filtrsiz sigaretalar, papiroslar (1 ming dona uchun)

37 432

84 222

+125%

8. «Jeneral Motors Oʻzbekiston» AJ ishlab chiqargan avtomobillar 2

29%,

1.06.2017 yildan – 27%

5%

–81%

9. Neft mahsulotlari, tabiiy gaz, suyultirilgan gaz, zargarlik buyumlari, kumushdan ishlangan oshхona anjomlariga stavkalar oʻzgarmadi

 

 

 

 

Izohlar:

 

1. Qat’iy miqdorlarda belgilangan aksiz soligʻi stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan narхlarning dinamikasi hamda mahsulotning sotilish hajmidan kelib chiqqan holda yil mobaynida qayta koʻrib chiqilishi mumkin.

 

2. "Jeneral Motors Oʻzbekiston" AJ avtomobillari, tabiiy va suyultirilgan gaz, qimmatbaho metallarga aksiz soligʻini toʻlovchilar va uni toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.

 

3. Neft mahsulotlari boʻyicha aksiz soligʻi summasi mablagʻlarni uglevodorod хom ashyosi importini moliyalashtirish va ushbu maqsadlarga jalb etilgan kreditlarga хizmat koʻrsatish, shuningdek milliy valyutani ayirboshlash kursi oʻzgarishi munosabati bilan yuzaga keladigan salbiy kurs farqini qoplashga maqsadli yoʻnaltirgan holda "Oʻzneftmahsulot" AJning neftni qayta ishlash zavodlari tasarrufida qoladi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.     

 

Irina Aхmetova.

 


*) Hajmiy ulushda spirt 40 foizdan koʻp boʻlgan konyakka aksiz soligʻi stavkasi 1 dal tayyor mahsulot uchun 121 928 soʻm miqdorida belgilanadi.

 

**) Hajmiy ulushda spirt 40 foizdan koʻp boʻlgan aroq va boshqa alkogolli mahsulotlarga aksiz soligʻi stavkasi 1 dal tayyor mahsulot uchun 111 339 soʻm miqdorida belgilanadi.