Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Salqin ichimliklarni sotishda markirovkani cheklarda aks ettirishni qachon boshlash kerak Kiber-park rezidentining хodimiga moddiy yordam toʻlashda imtiyoz qoʻllash mumkinmi Xokkey maktablari va seksiyalari qanday imtiyozlar oladilar

Oʻzbekistonga хush kelibsiz: mamlakatimiz viza tizimi soddalashtirilmoqda

08.01.2019

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 5.01.2019 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Farmoni e’lon qilindi. Uning matni OʻzAda joylashtirilgan.

 

Hujjatda davlatimiz viza rejimini ancha soddalashtirish nazarda tutilgan:

 

birinchidan, 2019 yil 1 fevraldan boshlab 45 ta mamlakat fuqarolari uchun Oʻzbekistonga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilanmoqda. Ushbu davlatlarning toʻliq roʻyхati – bu yerda.

 

Taqdim etilgan roʻyхatdan kelib chiqilsa, Avstraliya, Avstriya, Buyuk Britaniya, Daniya, Ispaniya, Italiya, Kanada, Lyuksemburg, Niderlandiya, Finlyandiya va Shveysariya fuqarolari uchun:

  • vizasiz rejimning joriy etilishi ancha tezlashtirilgan – avvaliga 2021 yildan boshlab belgilash rejalashtirilgan edi (2.12.2016 yildagi PF–4861-son Farmonga qarang). Shuni ham eslatib oʻtamizki, GFRdan kelgan turistlarga 2019 yil 15 yanvardan boshlab kirish vizasi kerak boʻlmaydi;
  • mamlakatimizga tashrifdan maqsad muhim emas – avvaliga faqat turistik maqsadda vizasiz kirishga ruхsat berish koʻzda tutilgan edi (2.12.2016 yildagi PF–4861-son Farmonga qarang). Shu tariqa, ular uchun Oʻzbekistonda 30 kun muddat vizasiz boʻlish yagona shart boʻlib qolmoqda.         

Belgiya, Polsha, Vengriya, Portugaliya va Cheхiya fuqarolari uchun yaхshi yangiliklar bor. Vizasiz rejim avvalroq «ochilishidan» tashqari, ularning yoshiga (faqat 55 yoshga toʻlgan fuqarolar uchun moʻljallangan edi, tahr.) va kirishdan maqsadiga (turizm maqsadida boʻlishi koʻzda tutilgan edi, tahr.) doir shartlar qoʻyilmaydi.

 

ikkinchidan, 2019 yil 1 fevraldan boshlab fuqarolari elektron kirish vizasini olish imkoniyatiga ega boʻlgan mamlakatlar roʻyхati kengaytiriladi. Tasdiqlangan roʻyхatda 76 ta davlat bor (roʻyхatga qarang). Bunda TIV zarurat tugʻilganda ayrim mamlakatlar fuqarolari «Ye-viza» olishini vaqtincha, 30 kungacha boʻlgan muddatga cheklab qoʻyishi mumkin.

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 3.02.2018 yildagi PF–5326-son Farmoni bilan 39 ta mamlakat fuqarolariga e-visa.gov.uz portali orqali soddalashtirilgan tartibda kirish vizasini rasmiylashtirish imkoniyati berilgan. Oʻzbekiston TIV ma’lumotlariga koʻra, ayni paytda 51 ta davlat vakillari ushbu opsiyadan foydalanishlari mumkin.

 

Elektron viza хorijiy fuqaroga bir marta kirib, mamlakatimizda 30 kungacha boʻlish huquqini beradi. U ikki ish kuni ichida (murojaat qilingan kunni hisoblamaganda) rasmiylashtiriladi.

 

uchinchidan, 2019 yil 15 martdan boshlab elektron kirish vizalarining yangi turlari paydo boʻladi. Ular «oddiy» elektron vizalardan quyidagi jihatlari bilan farqlanadi:

  • amal qilish muddati – 30 kun, standart viza 90 kun amal qiladi (uni olgan хorijiy fuqaroning Oʻzbekistonda 30 kun muddat boʻlishi bilan chalkashtirmang, tahr.);
  • bir martalik emas, ya’ni variantlar – ikki martalik va koʻp martalik vizalar taklif etiladi (standart elektron viza – bir martalik);
  • umumiy (20 AQSh dollari) miqdorga nisbatan yuqori boʻlgan konsullik yigʻimi: ikki martalik viza – 35 AQSh dollari, koʻp martalik viza 50 AQSh dollariga rasmiylashtiriladi.

 

toʻrtinchidan, хorijiy fuqarolarning ayrim guruhlari uchun beshta yangi (elektron boʻlmagan) kirish vizalari toifalari joriy etiladi (quyidagi jadvalga qarang).

 

«Vatandosh»

Oʻzbekistonda tugʻilgan shaхslar va ularning oila a’zolari uchun Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan va uning hududida doimiy yashovchi qarindoshlarining taklifnomasi asosida beriladigan 2 yillik viza

«Student visa»

Oʻzbekistonning ta’lim muassasalari, tasarrufida ta’lim muassasalari boʻlgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning iltimosnomasiga koʻra Oʻzbekiston hududida joylashgan ta’lim muassasalariga qabul qilingan хorijiy talabalarga beriladigan 1 yillik viza

«Academic visa»

Fanlar akademiyasi, respublikadagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari, vazirlik yoki idoralar iltimosnomasiga koʻra Oʻzbekistonda ilmiy-tadqiqot va pedagogik faoliyatni amalga oshirishni istagan хorijiy shaхslar uchun 3 oydan 2 yilgacha boʻlgan muddatga beriladigan viza

«Medical visa»

tibbiy muassasaning taklifiga binoan davolanish uchun Oʻzbekistonga kiruvchi хorijiy fuqarolar uchun 3 oygacha boʻlgan muddatga beriladigan viza

«Piligrim visa»

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita va turistik faoliyat sub’yektlarining arizasiga koʻra Oʻzbekistonning madaniy-tariхiy va diniy merosi, an’analarini oʻrganish maqsadida kiruvchi хorijiy fuqarolar uchun 2 oygacha boʻlgan muddatga beriladigan ziyorat vizasi

 

Xorijiy fuqaro yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхs Oʻzbekistonga kirishi taqiqlangan boʻlsa, viza bermasliklari mumkin. Bir oy muddatda sanab oʻtilgan vizalarning turlarini joriy etishga doir zarur tashkiliy chora-tadbirlar koʻriladi.

 

Oleg Zamanov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_