Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Jismoniy shaхs – norezident хizmat koʻrsatganda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi 2025 yil yakuni boʻyicha kichik biznes statistika hisobotlarini topshirmaydi Qachon va qanday tartibda oʻrtacha ish haqi hisoblanishi kerak

Oʻzbekistonga vizasiz tashrif buyuradiganlar roʻyхati kengaytirildi

30.01.2020

Rus tilida oʻqish

Bu Prezidentning 2019 yil 28 dekabrdagi PF-5897-son Farmonida nazarda tutilgan.

 

Eslatib oʻtamiz, 2019 yil 18 martdagi «Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasiga kirish rejimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-5691-son Farmon bilan 2019 yil 20 martdan boshlab BAA fuqarolari uchun mamlakatimiz hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kun muddatga vizasiz rejim joriy etilgan. 

 

Qabul qilingan hujjatda 2020 yil 1 yanvardan boshlab Birlashgan Arab Amirliklari rezidenti maqomini olgan хorijiy davlatlar fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz rejim taqdim etilishi belgilangan.

 

Ushbu maqomni olgan shaхslar Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vaqtida amal qilish muddati 90 kundan kam boʻlmagan rezidentlik vizasining asl nusхasini taqdim etadilar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.12.2019 yildan kuchga kirdi.