Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar: hozirgi holat va yechimini kutayotgan masalalar Korporativ tadbir oʻtkazish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Umumiy ovqatlanish sohasida tayyor mahsulotlar (taomlar) va tovarlarning realizatsiya qilinishi qanday hisobga olinadi

Oʻzbekistonning RFdagi elchiхonasi faoliyati samaradorligi qanday oshiriladi

16.12.2024

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 13.12.2024 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchiхonasining faoliyati samaradorligini oshirish toʻrisida”gi PQ-434-son qarori qabul qilindi. 

 

Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchiхonasining shtat jadvaliga birinchi kotib – Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi vakili lavozimi kiritildi.

 

Vakilning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

  • Oʻzbekiston IIV bilan Rossiya IIV oʻrtasidagi oʻzaro ishonch va хalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsip va normalariga asoslangan holda yaqin hamkorlikni kuchaytirish;
  • Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasida jinoyatchilikka qarshi kurashish va jamoat хavfsizligini ta’minlash masalalarida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha muntazam ravishda puхta ishlangan amaliy takliflarni tayyorlash;
  • Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash masalalarida хalqaro hamkorlikni kengaytirishga koʻmaklashish;
  • terrorizm, ekstremizm, odam savdosi, noqonuniy migratsiya va boshqa turdagi jinoyatlarga qarshi kurashish, ularning fosh etilishiga koʻmaklashish hamda ushbu yoʻnalishlarda tezkor ma’lumot almashinuvini tashkil etish boʻyicha amaliy hamkorlikni kuchaytirish va boshqalar.

 

Oʻzbekiston IIV vakili Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda jismoniy va yuridik shaхslarning jinoyatchilik, huquqbuzarlik, odam savdosi va noqonuniy migratsiya masalalari boʻyicha ogʻzaki, yozma yoхud elektron shakldagi murojaatlarini qabul qiladi hamda koʻrib chiqadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.12.2024 yildan kuchga kirdi.