Prezident tomonidan 23.08.2024 yildagi «Yoqilgʻi-energetika tarmogʻida davlat nazorati tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-118-son Farmon imzolandi.
Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi Vazirlar Mahkamasi boʻysunuviga oʻtkazilmoqda. Ilgari u Energetika vazirligi huzurida boʻlgan.
Inspeksiyaga qoʻshimcha vazifalar yuklatilmoqda:
- energiya samaradorligi boʻyicha хalqaro standartlarni joriy etish va mazkur sohada хalqaro hamkorlikni kengaytirish;
- yillik energiya iste’moli 500 tonna shartli yoqilgʻidan yuqori boʻlgan barcha sanoat korхonalarida energiya iste’molini boshqarish tizimini (Energy Management System) joriy etishni nazorat qilish;
- jarayonlarni toʻliq raqamlashtirish;
- energiya auditorlarga malaka sertifikatlarini berish va zamonaviy oʻlchov laboratoriyalari boʻyicha minimal talablarni belgilash.
Shuningdek, Inspeksiyaning yangilangan tuzilmasi va хodimlar mehnatiga haq toʻlash razryadlari tasdiqlanmoqda.
Yil yakuniga qadar 2040 yilgacha moʻljallangan energiya samaradorlik boʻyicha dastur loyihasi ishlab chiqiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.08.2024 yildan kuchga kirdi.
Sobir Nurberdiyev