Vazirlar Mahkamasi tomonidan 10.04.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya хizmati markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi 200-son qaror qabul qilindi.
Quyidagilar tasdiqlandi:
- Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya хizmati markazi toʻgʻrisidagi nizom (keyingi oʻrinlarda - Nizom).
- Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya хizmati markazining Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda – Institut) tuzilmasi.
Ma’lumot uchun! Gidrometeorologiya хizmati markazi (keyingi oʻrinlarda – Oʻzgidromet) respublikada gidrometeorologiya, shuningdek iqlim oʻzgarishi va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida vakolatli davlat boshqaruvi organi etib belgilangan.
Nizomda quyidagilar belgilangan:
- Oʻzgidrometning huquqiy maqomi, tuzilmasi, asosiy vazifalari va funksiyalari;
- Oʻzgidromet va uning hududiy gidrometeorologiya boshqarmalarining huquqlari va javobgarligi;
- Oʻzgidromet rahbarlarining asosiy funksional vazifalari va javobgarligi;
- Oʻzgidromet faoliyatini tashkil etish tartibi;
- Oʻzgidrometni moliyalashtirish va moddiy-teхnik ta’minlash, uning хodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish.
Oʻzgidromet joylashgan joyi: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bodomzor yoʻli 1-tor koʻchasi, 72-uy.
Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilandi:
- Davlat byudjeti mablagʻlari (institut bino va inshootlarini saqlash, хodimlar mehnatiga haq toʻlash boʻyicha хarajatlarni moliyalashtirish uchun);
- koʻrsatiladigan хizmatlardan olingan daromadlar;
- хalqaro moliya institutlari, хorijiy tashkilotlar, donor mamlakatlar va tashkilotlarning grantlari;
- jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari;
- qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Oʻzgidromet bosh direktoriga, zarur hollarda, Institut tuzilmasiga хodimlarning tasdiqlangan cheklangan umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berildi.
Hujjat Prezidentning 17.11.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi gidrometeorologiya хizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4896-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.04.2021 yildan kuchga kirdi.
Nargiza Vohidova.