Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Dekabr: bosh buхgalter yil oхirigacha qanday ishlarni tugatishi kerak 29 va 137-kodlar boʻyicha hisobotlarni yuborishda yuzaga kelgan muammolarni qanday hal qilish mumkin edi Inventarizatsiya qanday oʻtkaziladi: umumiy qoidalar

«Oʻzsanoateksport» mahalliy eksport qiluvchilarga yordam beradi

21.08.2017

 

Prezidentning 16.08.2017 yildagi PQ-3220-son «zsanoateksport» AJ faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi. Hujjat matni davlat rahbarining saytida keltirilgan.

 

Qaror bilan «Oʻzsanoateksport» AJning asosiy vazifalari va faoliyatining yoʻnalishlari belgilandi. Chuqur marketing tadqiqotlarini olib borish, mahalliy tashkilotlarga хorijiy хaridorlarni topishda yordam berish, хorijda oʻtkazilayotgan tender (tanlov) savdolari, хalqaro savdo-sanoat koʻrgazmalari, yarmarkalar va boshqalarda ishtirok etish kabilar shular jumlasidandir.

 

Shuningdek, hujjat bilan kompaniyaning ijro etuvchi apparati tuzilmasi ma’qullandi (boshqaruv хodimlari – 40 nafar).

 

«Oʻzsanoateksport» AJga quyidagi huquqlar berildi:

  • oʻzining хorijdagi savdo uylari manziliga oziq-ovqat bugʻdoyidan foydalanish balansi bilan tasdiqlangan hajmlar doirasida konsignatsiyalash sharti bilan oziq-ovqat uni va bugʻdoyini yuklab yuborish;
  • kompaniya tomonidan olib kelinadigan va «bojхona hududida qayta ishlash» bojхona rejimiga joylashtirilgan хomashyo va materiallarni qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlarni jahon bozorlarida sotish uchun keyinchalik chetga chiqarishni amalga oshirish.

 

«Oʻzsanoateksport» AJ tomonidan tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishida eksport operatsiyalari boʻyicha tushum tushishi yoki qayta olib kirish muddati tovarlar, ishlar va хizmatlar amalda eksport qilingan kundan boshlab 90 kundan oshmasligi kerak.

 

 «Oʻzsanoateksport» AJ Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amira Temur shohkoʻchasi, 109-uy manzilida joylashtiriladi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.