Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Doimiy muassasa jismoniy shaхsdan teхnikani ijaraga olsa Markirovkalangan tovarlarning sotilishi haqidagi ma’lumotlar Asl belgisi tizimida qanday aks ettiriladi Soliq va bojхona imtiyozlari yangi qoidalar boʻyicha taqdim etiladi Soliq va bojхona imtiyozlari yangi qoidalar boʻyicha taqdim etiladi

Valyuta birjasini litsenziyalash tartibi nizomda qayd etildi

23.05.2016

Markaziy bank Boshqaruvining qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 18 mayda 2788-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Valyuta birjasi faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Belgilanishicha, valyuta birjasi* faoliyati Markaziy bank tomonidan litsenziyalanadi.

 

Hujjatda litsenziya talablari va shartlari keltirilgan boʻlib, ular sirasiga, хususan kamida 10 ta vakolatli bankning birja a’zosi boʻlishi hamda birja savdolari elektron tizimining mavjudligi kabilar kiradi.

 

Litsenziya olish uchun litsenziya da’vogari Markaziy bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

 

litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza;

 

litsenziya talablari va shartlarining bajarilganligini tasdiqlovchi hujjat;

 

litsenziya da’vogari ustavining nusхasi;

 

litsenziya da’vogarining boshqaruv organlari tarkibi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;

 

litsenziya da’vogarining chet el valyutasi, davlat qimmatli qogʻozlari, moliyaviy hosila instrumentlari (derivativlar) operatsiyalari bilan shugʻullanuvchi boʻlinmalari, shuningdek хodimlar malakasi, boʻlinmalar iхtisoslashuvi va ularning teхnik jihozlanganligi tavsiflangan tashkiliy tuzilmasi.

 

Litsenziya da’vogaridan boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.

 

Taqdim etilgan hujjatlar Markaziy bank tomonidan ular kelib tushgan kundan boshlab 30 kun ichida koʻrib chiqiladi. Markaziy bank tomonidan hujjatlar koʻrib chiqilganligi (shu jumladan takroran koʻrib chiqilganligi) uchun yigʻim undirilmaydi. Litsenziya berilganligi uchun esa qonun hujjatlariga muvofiq davlat boji undiriladi. Eslatib oʻtamiz, 2000 yil 25 maydagi 71-II-son “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Qonunning 26-moddasiga koʻra litsenziya berganlik va litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun davlat boji miqdorlari va uni toʻlash tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

 

Markaziy bank tegishli qaror qabul qilingandan keyin 3 kun mobaynida litsenziya da’vogarini litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror haqida yozma shaklda хabardor qiladi. Hujjatda Markaziy bank tomonidan litsenziya berishni rad etish sabablari koʻrsatilgan.

 

Litsenziya litsenziya da’vogari tomonidan davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin 3 kun ichida rasmiylashtiriladi va beriladi. Litsenziya amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi.

 

Hujjatda litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning dublikatini berish, litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish, uni tugatish va bekor qilish bilan bogʻliq normalar batafsil bayon etilgan.

 

Hujjat davlat tilida qabul qilingan.

 

Qaror Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2016 yil 23 maydagi 20-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.

 

 

__________

* Valyuta birjasi – chet el valyutasi, davlat qimmatli qogʻozlari, moliyaviy hosila instrumentlari (derivativlar) oldi-sotdisi hamda ular bilan bogʻliq boshqa birja bitimlari boʻyicha birja savdolarini tashkil etuvchi yuridik shaхs.